QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#jurnal #tuproqshunoslik #ilm #fan

TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTINING 100 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN JURNAL TAQDIMOTI

🔰 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnalining ilk soni taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
👉Bizning saytda jurnalni yuklab olish mumkin
———————————————
ПРЕЗЕНТАЦИЯ ЖУРНАЛА, ПОСВЯЩЕННОГО 100-ЛЕТИЮ ИНСТИТУТА ПОЧВОВЕДЕНИЯ И АГРОХИМИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ

🔰 Сегодня в институте почвоведения и агрохимических исследований при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась презентация первого номера научного журнала «Почвоведение и агрохимия».
👉Журнал доступен для скачивания на нашем сайте

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuproqshunoslik_va_agrokimyo #jurnal

O‘ZR QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYOVIY TADQIQOTLAR INSTITUTI YANGI JURNALINI CHOP ETMOQDA

📗“Tuproqshunoslik va agrokimyo” jurnali 2022-yil 20-maydan beri nashr etiladi. Uning sahifalarida tuproqshunosliksohasida katta tajribaga ega olimlarning ilmiy maqolalari, tuproqshunoslik sohasidagi tarixiy voqealar, agrar sohaga oid yangiliklar va hodisalar, Prezident qarorlari va boshqa ko‘plab materiallar bilan tanishishingiz mumkin. Nashr har bir sonining elektron formati ham mavjud, u institutning soil.uz sayti va telegram kanaliga joylashtiriladi.

Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti matbuot xizmati rahbari Akbar Hudoyqulov jurnal haqida batafsil so‘zlab berdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozdavyerloyiha #jurnal

“O‘ZBEKISTON ZAMINI”— AGRAR SOHADAGI ILMIY-AMALIY VA INNOVATSION
JURNAL

📗O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida “O‘zbekiston zamini” nomli jurnali 2019-yil 10-yanvarda 1006-son bilan ilmiy-amaliy va innovatsion jurnal sifatida ro‘yxatga olindi va chop etila boshlandi.

👉Ushbu jurnal haqida batafsil saytimizda maqola va videointervyu ko‘rinishda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
AGRAR SOHASIGA OID GAZETA VA JURNALLARNING ELEKTRON VARIANTINI VAZIRLIKNING RASMIY SAYTIDAN YUKLAB OLING

📖 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy sayti - AGRO.UZ da agrar sohada olib borilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligiga joriy etilayotgan innovatsion ishlanmalar, soha mutaxassislarining dolzarb fikrlarini chop etib kelayotgan gazeta va jurnallarning elektron variantini joylab borishni yo‘lga qo‘ydik.

🔰Vazirlik huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnali 2022 yildan buyon chop etib kelinmoqda.

🖊Ushbu jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan milliy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

💻Endilikda yurtimiz agrar sohasini yoritishga ixtisoslashgan barcha nashrlar bilan Vazirlikning rasmiy veb-sahifalarida tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #tuproqshunoslik #agrokimyo #qishloq_xojaligi #maqola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖“Shirin meva” agrobiznes jurnalida Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Green week 2023” yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida mamlakatimizning ishtiroki haqida maqola chop etildi.

🔰Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining mazkur xalqaro ko‘rgazmadagi ishtiroki, shuningdek, qator xorijiy davlatlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralarda erishilgan natijalar haqida so‘z boradi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #tuproqshunoslik #shirin_meva #qishloq_xojaligi #maqola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida chop etilayotgan “O‘zbekiston zamini” jurnali vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan soha vakillarining ilmiy, amaliy va ijodiy izlanishlarini namoyish etish va ishlab chiqarish jarayonidagi yutuqlarni targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

🔰Jurnalda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifatli, yuqori hosildor navlarini yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash kabi dolzarb mavzular yoritiladi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #maqola #Ozdavyerloyiha #Ozbekiston_zamini #qishloq_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM