QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌸Tinchlikda yashang. Bahor keladi va gullar o'z-o'zidan ochiladi.

Sharq donishlari bisotdan

#kun_fotosi #bahor #gullar #gozallik
*****
🌸Живи, сохраняя покой. Придет весна, и цветы распустятся сами.

Восточная мудрость

#фото_дня #весна #цветы #красота

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GULLAR MAMLAKATI – GOLLANDIYA HAQIDA

🌹Niderlandiyada atirgul va loladan tashqari, qo‘qongul, nilufar, orxideya, piongul va sunbul yetishtiriladigan ulkan plantatsiyalar ham mavjud.

Ammo, Gollandiya gullari, deganda birinchi bo‘lib ko‘z oldimizga atirgul va lola keladi. Bu bejiz emas – mamlakatda har yili 3 mlrd atrofida atirgul va taqriban 2 mlrd dona lola sotiladi.

Qizig‘i shundaki, Gollandiya “lolalar mamlakati” deyilsa-da, bu gulning asl vatani Eron bo‘lib, Yevropaga Turkiya orqali kirib kelgan (gollandcha Tulp, inglizcha Tulip deb atalishi shundan – uning asl vatanidagi nomi “dulbash” – “do‘ppi” bo‘lgan).

O‘rta asrlarda lola juda talabgir va qimmatbaho gul sanalgan. Uning “Semper Avgust” navining uch dona piyozi 1637-yilda 30 000 guldenga sotilgani ma'lum. Bu pulga o‘sha paytda poytaxt markazidagi butun boshli uy berilgan.

Bizning davrimizda bu mamlakatda har yili 1200 tadan 1500 tagacha yangi o‘simlik navlari yaratiladi. Dunyodagi kesilgan gullar bo‘yicha eng yirik auksion – Royal Flora Holland`da esa, har kuni 145 000 atrofida tranzaksiya amalga oshirilib, 400 000 ga yaqin navdagi o‘simliklar eksport qilinadi.

#bu_qiziq #Gollandiya #gullar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM