QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
BU BIR SHINGIL XOLOS, SURXONDA PISHDI GILOS

🍒Joriy yil bahor mavsumining odatdagidan iliq kelishi va tadbirkor dehqonlarimizning tinimsiz mehnatlari tufayli ba’zi ertapishar meva va sabzavot mahsulotlari har yilgidan-da barvaqtroq pishib yetilmoqda.

Yaqinda Surxondaryoning qator tumanlarida ertagi piyoz hosili yig‘ishtirib olinayotgani haqida xabar bergandik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Yangiariq qishlog‘idagi aholi xonadonlaridan birida ilk bor bugun – 10-aprel kuni gilos pishib yetildi.

Xonadon sohibining xabar berishicha ushbu
gilos ikki yil avval uy sharoitida olchaga payvand qilingan.

Qadim Surhon vohasida odatdagidan ancha avval pishib yetilgan ilk gilos mirishkor dehqonlarimizning yangi hosilni imkon qadar tezroq yurtdoshlarimizga yetkazishdek olijanob maqsadlar yo‘lida samarali mehnat qilayotganini anglatish bilan birga, kishi qalbida yilning barakali kelishiga, bog‘lar va dalalarda hosil mo‘l bo‘lishiga ishonch uyg‘otadi.

#gilos #hosil #Surxondaryo

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
GILOS HAQIDA 10 TA QIZIQARLI FAKT

🍒Ayni kunlarda respublikamizning turli hududlaridagi bog‘larda pishib yetilgan gilos hosilini yig‘ish ishlari boshlab yuborilgan. Bugun ushbu mevani bozorlar va savdo do‘konlarining rastalarida ham ko‘rish mumkin. Nega gilosni qadrlaymiz? Bugun biz sizga gilos va ularning qiymati haqida qiziqarli ma’lumotlarni ulashamiz.

🔴Gilos qancha qoraygan bo‘lsa, shunchalik pishgan bo‘ladi, qancha pishgan bo‘lsa, tarkibidagi shakar miqdori shuncha ko‘p bo‘ladi.
🔴Gilos oziq-ovqat bo‘yoqlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib, aynan gilosdan qizil emas, balki yashil rang olinadi.
🔴Gilosning norasmiy nomlaridan biri "qush gilos" dir. Shubhasiz, bu qushlarning ularni sevib yeyishi bilan bog‘liq.
🔴Gilos olchadan ko‘ra ko‘proq termofiltr.
🔴Zamonaviy tadqiqotchilar gilos olchadan paydo bo‘lgan deb emas, balki aksincha, olcha gilosdan paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Gilos insonlarga taxminan o‘n ming yil oldin ma’lum bo‘lgan, bu esa uning chinakam qadimiy rezavorligidan darakdir.
🔴Gilos mevalarining diametri ikki santimetrga yetishi mumkin.
🔴Asalarilar bir gektar yer maydonidagi gilos daraxtlaridan 35 kilogrammgacha gulchang yig‘ishi mumkin.
🔴Bir vaqtlar gilos daraxtining qatroni o‘ziga xos saqich sifatida ishlatilgan.
🔴Gilosning ko‘plab navlari mavjud, ammo ulardan faqat o‘nga yaqini faol ravishda yetishtiriladi.
🔴Umuman olganda, gilos daraxti 10 metrgacha o‘sadi, biroq kamdan-kam hollarda 30 metrli gilos daraxtlarini ham uchratish mumkin.

#bu_qiziq #gilos #fakt

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
GILOS BOGʻLARIDA MEVALARNI TERISH JARAYONLARI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA

🍒Gilos yetishtirish 10 ming yillik tarixga ega. Atirgullilar oilasiga mansub bu danakli meva daraxti jahonning koʻplab mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham qadim zamonlardan ekib kelinadi. Gilos yuz yilgacha yashaydi va har bir tupi 300 kilogramgacha hosil beradi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan hududlar orasida Farg‘ona viloyati 12,4 ming tonna gilos bilan respublikada yetakchi bo‘lgan.

👉Batafsil

#gilos #hosil #fermer_xojaligi #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" dasturida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida eksport salohiyatining jadal ortayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda gilosning ko‘plab navlari yetishtiriladigan Farg‘ona viloyati va uning eksport imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Viloyatdagi adirliklarning dehqon xo‘jaliklari tomonidan o‘zlashtirilishi va bog‘larga aylantirilayotgani eksport salohiyatining yanada oshishiga o‘z hissasini qo‘shayotgani ham keltirilgan.

Lavhadan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat miqyosida qiymati 4 mln dollarga yaqin miqdordagi qariyb 5 ming tonna gilos mahsuloti qo‘shni davlatlarga hamda Belorussiya va Saudiya Arabistoniga eksport qilinayotgani va bu ko‘rsatkich yanada oshishi haqida bilib olishingiz mumkin.

#repost #Yoshlar #yangi_davr #gilos #hosil #eksport #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QO‘SHTEPA TUMANIDA O‘RIKNING “RUBISTA” NAVI EKSPORT QILINMOQDA

🌳2020-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi “Grapes and Gardens Investment” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan intensiv bog‘ misolida vodiy bog‘dorchiligi kelajagini ko‘rish mumkin. Aksiyadorlik jamiyatida bog‘dorchilik yo‘nalishida o‘rik, gilos va shaftoli ko‘chatlarini ekish uchun 151 gektar yer maydoni ajratilgan.

Bu yer maydonlariga o‘rik ko‘chatining 11 xil navi, gilosning 3 xil navlari ekilgan. Jumladan, o‘rikning “Primaya”, “Luna”, “Rubista”, “Kosmos”, “Kolorado” kabi navlari yurtimiz iqlimiga mosligi bilan bir qatorda hosildorligi, 97-98 foizgacha sifatli meva berishi, ertapisharligi, ayniqsa, eksportbopligi bilan ajralib turadi.
*****
ПРОИЗОДСТВО СОРТОВ АБРИКОСА И ВИШНИ

🌳На примере интенсивного сада, созданного в 2020 году АО «Grapes and Gardens Investment» в Коштепинском районе Ферганской области, можно увидеть будущее садоводства Ферганской долины. В акционерном обществе под посадку абрикосовых, вишневых и персиковых саженцев плодовых деревьев выделен 151 гектар земли.

На этих участках посажено 11 сортов абрикосов и 3 сорта вишни. В частности, такие сорта абрикоса, как «Примая», «Луна», «Рубиста», «Космос» и «Колорадо» отличаются хорошей приспособленностью к климату нашей страны, высокой урожайностью, высоким уровнем плодоношения (до 97-98%) и скороспелостью, в том числе с возможностью экспорта.

#bog‘dorchilik #o‘rik #gilos #eksport #IFAD #Farg‘ona #садоводство #абрикос #вишня #экспорт #Фергана

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON 15 TA DAVLATGA QARIYB 40 MLN DOLLARLI GILOS EKSPORT QILDI

📈Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-may oylarida, O‘zbekiston 15 ta davlatga jami 32,8 ming tonna gilos eksport qildi.

Gilos eksportining umumiy qiymati 38,9 mln AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Ushbu meva eksport hajmi, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 14,4 ming tonnaga oshgan.

2023-yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
🇷🇺Rossiya — 19,8 ming tonna
🇰🇿Qozog‘iston — 6,4 ming tonna
🇰🇬Qirg‘iziston — 6,1 ming tonna
🇧🇾Belarus — 333 tonna
🇦🇪BAA — 36 tonna
🇨🇳Xitoy — 29 tonna
🇲🇾Malayziya — 17 tonna
🇸🇦Saudiya Arabistoni — 10,5 tonna

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25,4 ming tonna
gilos eksport qilgan edi.

#gilos #eksport #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#gilos

🍒Andijon viloyati Baliqchi tumani Umarov mavzesida joylashgan 5 gеktar bogʻda yetishtirilgan gilos eksport hamda ichki bozorga yoʻnaltirmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM