QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.3K photos
2.66K videos
7 files
9.13K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Samarqandda gektariga 200 tonna hosil beradigan pomidorning mahalliy navi ekilmoqda

“O‘zbekiston 24”
telekanalida Qishloq vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti olimlarining ilmiy mahsuli bo‘lgan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” navi hosildorligi va shiradorligining yuqori ekanligi bilan boshqa navlardan katta farq qilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari olib borgan tadqiqotlar natijasida ixtiro qilingan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” navi o‘zining ijobiy hususiyatlarini namoyon qilgani haqida so‘z yuritilgan.

Lavhada ta’kidlanishicha, fermer xo‘jaliklarimizda amalda ekilayotgan pomidor navlarining o‘rtacha hosildorligi 40-50 tonnani tashkil etsa, ushbu “Mustaqillik- 28” navi gektariga 200 tonnagacha hosil berishi mumkin.

#uzbekiston24 #fakt24

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM