This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qatarga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida, kun tartibidan o‘rin olgan «EKSPO Doha - 2023» mintaqada o‘tkazilayotgan ilk global “yashil” ko‘rgazma ochilishida ishtirok etganligidan xabardorsiz. Bugun ishtirokchi davlatlar milliy ko‘rgazma-pavilyonlarining rasmiy ochilish marosimi boshlandi. O‘zbekiston birinchilar qatorida “yashil”likni targ‘ib qilishga start berdi.
O'zbekiston delegatsiyasi Arab dunyosida yangicha talqinni ta'minlovchi mazkur ko‘rgazmaga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan.
Mikroko‘katlar, chorva uchun yashillikdan iborat ozuqa bazasi, bir yilda bir necha marotaba hosil berishi mumkin bo‘lgan gibrid navlar, bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilikdagi so‘nggi seleksiya navlari – barchasi ilk marotaba bu kabi nufuzli tadbirda namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan jami 5 tonnadan iborat 112 turdagi eksportbop va sarhil mahsulotlar olib kelingani yuqoridagi fikrimiz dalilidir.
Bunda, barcha turdagi poliz ekinlari, dukkakli, quritilgan va ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, keng turdagi sanoat mahsulotlari namoyishiga alohida o‘rin berildi.
✅ Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan paxtachilik, g'allachilik, urug‘chilik, “Invitro” kabi yangi ishlanmalar ham namoyish qilinmoqda.
Mehmonlar tomonidan, birinchi kundanoq, O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum, nok, poliz ekinlariga va quritilgan mevalarga juda katta qiziqish bildirilmoqda.
Ko‘rgazma 2024-yilning 28-mart sanasiga qadar davom etadi.
#ekspo_doha #Qatar #korgazma
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM