QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#butunjahon_oziq_ovqat_kuni

16-oktyabr -
Butunjahon oziq-ovqat kuni

🇺🇳Ushbu sana 1979-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida ta’sis etilgan. Butunjahon oziq-ovqat kuni jahondagi oziq-ovqat muammolariga aholi e’tiborini qaratishga qaratilgan bo‘lib, ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik va qashshoqlikka qarshi kurashda birdamlikni kuchaytirishga yordam beradi. Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan shuni yodda tutishimiz kerakki: inqiroz davrida yashayapmizmi yoki yo‘qmi - bu ahamiyatli emas, o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun tajriba va bilimimiz yetarli. Ochlik butun dunyoda asosiy muammo sifatida qabul qilinishi uchun birgalikda harakat qilishimiz zarur. Sifatli oziq-ovqat hamma uchun birdek mavjud bo‘lgan barqaror dunyoni yaratishimiz darkor.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#anjuman #butunjahon_oziq_ovqat_kuni

SAMARQANDDAGI XALQARO ANJUMAN
BUTUNJAHON OZIQ-OVQAT KUNIGA BAG‘ISHLANDI

🔰2022-yil 14-15-oktyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) ko‘magida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti tomonidan tashkil etilganOziq-ovqat xavfsizligi: Global va milliy muammolar” mavzusida IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Germaniya, Qozog‘iston, Pokiston, Rossiya, AQSH va Tojikistondan 30 nafar soha vakillari, shuningdek, 240 dan ortiq mahalliy mutaxassis va olimlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tomonidan maʼruzalar va taqdimotlar qilindi, ko‘plab qiziqarli g‘oya va fikrlar bildirildi, yorqin faktlar va ilmiy izlanishlarning yangi natijalari taqdim etildi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM