QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brokkoli #foydali_ekin

🥦Brokkoli: kamyob ekin, foydali mahsulot va yoshlik eliksiri

2022-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida 1,9 ming gektar maydonga, shundan, 1,2 ming gektar fermer, qishloq xo‘jaligi korxonalarida va 702 gektar aholi tomorqa maydonlarida brokkoli ekini ekilgan.

Brokkolining qaysi navlari ekiladi?
Qanday foydali jihatlari mavjud?

👉Barchasi haqida batafsil

WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #brokkoli

QASHQADARYODA
BROKKOLI KARAMI YETISHTIRILMOQDA

🎥“O‘zbekiston 24”
telekanalining “Yangiliklar” dasturida Qashqadaryoda ilk bor brokkoli karami yetishtirilib, eksport qilish yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida lavha namoyish etildi.
Brokkolining inson salomatligi uchun foydali jihatlari bisyor. Shu bois ham viloyatning Yakkabog‘ tumani “Nurli yo‘l” MFY hududining o‘zida 44 ta yer maydonida ushbu mahsulot yetishtirilmoqda.

Yerga mehr berib, unda yetishtirilayotgan mahsulotning isteʼmolchi dasturxoniga yetkazilishini ko‘zlagan dehqonlar gektaridan 20 tonnadan brokkoli yetishtirib berishni maqsad qilishgan. Daladan yig‘ishtirib olingan hosil esa korxonada qadoqlanadi. Shundan so‘ng mahsulotni ikki xil ko‘rinishda tabiiy va yarim pishirilgan holatda eksport qilinadi.

Lavhada Qashqadaryo viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi, viloyatning ilmiy tajriba stansiyasi rahbar va xodimlari brokkoli karami yetishtirish va uni sifatli tarzda yig‘ishtirib olish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brokkoli #klaster #ITI

BROKKOLI KARAMINI YETISHTIRISHDA KLASTER BILAN HAMKORLIK

🥦O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti shu kungacha mamlakatimizdagi bir qancha fermer, dehqon, tomorqa yer egalari va klasterlar bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

Jumladan “Anzur food agro” klasteri bilan o‘zaro hamkorlik asosida 2022-yil hosili uchun takroriy muddatda brokkoli karam ko‘chatlari ekib, ilmiy asoslangan holda yetishtirib kelmoqda.

👉Brokkoli karamini yetishtirish va hosil haqida maqolamizda o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#brokkoli #qayta_ishlash #eksport

BROKKOLI BARRA HOLDA EKSPORT QILINMOQDA

🥦“Anzur natural food” xususiy korxonasida brokkoli karamlari qayta ishlanmoqda va barra holatda eksportga yo‘naltirilmoqda. Buning uchun ushbu sabzavot xomashyo sifatida respublikaning barcha viloyatlaridan buyurtma asosida qabul qilinmoqda.

Korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 35 tonnani tashkil etadi, shundan 20 tonna fresh holda, 15 tonnasi esa muzlatilgan holda Yevropa va Osiyo davlatlariga yetkazib berilmoqda. 2022-yil uchun Rossiya davlati bilan 2 mln AQSH dollarlik shartnomalar tuzilgan.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM