QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOHA MUTAXASSISLARIDAN G‘O‘ZA QATOR ORALARIGA ISHLOV BERISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

🌱Paxtachilikda g‘o‘za qator oralariga kultivatorlar yordamida ishlov berish va chuqur yumshatish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi.

“Yerdagi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish uchun yerga mos ravishda ishlov berish kerak. Kultivatorda agrotexnik tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad aslida namlikni qochirish uchun emas, balki yerdagi mavjud namlikni o‘zida saqlashdir”,
deya ta’kidladi mutaxassis.

Qator oralariga ishlov berishda eng avvalo kultivatordagi ishchi organlar soniga alohida eʼtibor berish lozim. Qator orasi 60 sm bo‘lganda kultivatorda 5 ta g‘ozpanja, 8 ta KKO, 20 ta naralnik, agar o‘t bosgan dala bo‘lsa, 20 ta naralnik va 8 ta pichoq o‘rnatilib, jami ishchi organlar kamida 33 ta bo‘lishi kerak.

Qator orasi 90 sm bo‘lganda 5 ta g‘ozpanja, 32-34 ta KKO, begona o‘t tarqalgan maydonda 8 ta pichoq 24-26 ta naralnik, jami 37-39 ta ishchi organi o‘rnatilishi sifatli kultivatsiya qilishni taʼminlaydi.

👉Batafsil

#paxtachilik #paxta #agroklaster #agrotexnik_tadbirlar #kultivator #boranka

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM