QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bodom #hosil

O‘ZBEKISTONDA QANCHA VA QANDAY
BODOM NAVLARI YETISHTIRILADI?

🔰Respublikada 2022-yil barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 7,9 ming gektar, shundan 6,2 ming gektar fermer xo‘jaliklarida, 1,7 ming gektar aholi tomorqalarida yetishtirilmoqda. Yosh bodomzorlar 5,1 ming gektar bo‘lib, o‘rtacha hosildorlik gektariga 102 sentnerni tashkil etadi.

Barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan har yili 27,8 ming tonna bodom ishlab chiqariladi.

👉Bodom yetishtirish bilan bogliq eng muhim va foydali ma’lumotlar maqolamizda batafsil berilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
GUARA BODOMLARI ENDI SURXONDA HAM BITADI

🥜Dunyoga mashhur va eksport geografiyasida o‘ziga xos mavqe'ga ega Guara va Avijo bodom navlari mahalliylashtirilmoqda. Buning uchun Samarqand viloyatida joylashgan Invitro laboratoriyasidan birlamchi ko‘chat buyurtma qilinib, dastlabki nihollar yerga ekildi. Surxondaryo viloyatidagi ishchi tashrif doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mazkur amaliyot bilan yaqindan tanishish maqsadida Termiz tumanida bo‘ldi. “Surxon oltin mevalari” MChJ umumiy 185 gektar yerda ish yuritadi.

Shundan 32.7 gektari Termiz tumanida joylashgan bodom bog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. “Xalqobod” hududidagi maydonda yangi intensiv usulda bodom ekish jarayonlari bilan tanishildi. Klaster asosan uzum, o‘rik va bodom yetishtirishga ixtisoslashgan. Bu yildan bodomning dunyoga mashhur navlari sinov tariqasida ekildi. Ta'kid o‘rinli-katta maydonga! 3 yilda navnihollar bo‘yi 2 metrga yetuvchi daraxtga aylanadi. Hosildorlik to‘liq yetuklik davriga kirganida bitta daraxtdan o‘rtacha 50 kilogrammni tashkil etadi.

#vazir #tashrif #bodom #uzum #orik #klaster #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
NIMA SABABDAN BODOM KO‘CHATINING BARGI SARGʻAYIB, QURIB QOLADI

Respublikada har bir hududning tuproq-iqlim va gidrogeologik sharoitlarini inobatga olib, bodom navlarini joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Olimlarning fikriga asosan, bodom daraxti dengiz sathidan 800-1400 metr balandlikda yaxshi rivojlanadi.

🍂Bodom koʻchatining qurib qolishiga bir nechta faktorlar (ob-havo, tuprog‘i, suvi, payvandtagi, navi, kasallik va zararkunandalar) sabab bo‘ladi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni www.agro.uz saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #bodom

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BUGUNGI SURXON – BOG‘LARGA KON

🌳“Surxon oltin mevasi agrofirmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham bog‘dorchilikga ixtisoslashgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 908,6 gektarni tashkil etadi. Bu maydonga shaftoli, o‘rik, uzum, olxo‘ri va bodom kabi daraxtlar ekilgan.

2022-yilda korxona jami 2049 tonna mahsulot yetishtirgan, shundan o‘rik – 450 tonna, shaftoli – 429 tonna, olxo‘ri – 278 tonna, uzum – 875 tonna, bodom – 17 tonna. Bugungi kunda “Surxon oltin mevasi agrofirmasi” MCHJda 58 ta doimiy ish o‘rinlari yaratilgan.
*****
СЕГОДНЯШНИЙ СУРХАН СЛОВНО БОЛЬШОЙ САД

🌳Общество с ограниченной ответственностью «Сурхон олтин меваси агрофирмаси» специализируется на садоводстве. На его территории площадью 908,6 гектаров высажены персики, абрикосы, виноград, сливы и миндаль.

Всего в 2022 году предприятие произвело 2 049 тонн продукции, включая абрикосы – 450 тонн, персики – 429 тонн, сливы – 278 тонн, виноград – 875 тонн и миндаль – 17 тонн. На сегодняшний день здесь создано 58 постоянных рабочих мест.

#bogdorchilik #shaftoli #orik #uzum #olxori #bodom #agrofirma #muzlatkich #eksport #садоводство #абрикос #виноград #слива #миндаль #экспорт

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHLOQDA BARPO ETILGAN BO‘STON

🔰Tashrif doirasida turli tarmoqlar rahbarlari ham o‘zlari mas'ul bo‘lgan yo‘nalishlarda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning navbatdagi manzili Fag‘ona tumani “Mindonobod” qishlog‘idagi adirliklardan o‘zlashtirilgan yerlarda tashkil etilgan bodom bog‘i bo‘ldi.

Adirliklardan 250 gektar yer o‘zlashtirilgan bo‘lib, shundan 100 gektarini aynan bodom bog‘i tashkil etadi. Mazkur yangi loyiha mana 3 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. O‘tgan yili 50 tonna bodom hosili olingan. Bu yilgi rejalar undan ham mo‘l. Tadbirkorning ma’lum qilishicha, bu yil bog‘dan 200 tonna hosil olishni rejalashtirmoqda.

Tashrif davomida vazir Aziz Voitov mazkur bodom bog‘iga yondosh hududda joylashgan yana bir qishloq xo‘jaligi obyekti «Fergana Asiana» paxta-to‘qimachilik klasterining paxta dalasini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur fermer xo‘jaligi ham aynan qaqrab yotgan toshloq yer maydonlarini o‘zlashtirib, 1000 gektarida paxta ekib parvarishlamoqda. E’tiborlisi, ushbu paxta dalasiga to‘liq tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, o‘zlashtirilgandan so‘ng atrofga go‘zal manzara berib turibdi. Qayd etilishicha, bu yerlarga joriy yil ikkinchi marotaba paxta ekilib, gektaridan 35 sentnerdan paxta hosilini olishni reja qilinmoqda.

#tashrif #vazir #bodom #paxta_toqimachilik #klaster #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM