QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
19.1K photos
2.51K videos
5 files
8.26K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
URUG‘LIK G‘ALLA APROBATSIYASIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌾Andijon viloyati Andijon tumani Don va dukkakli ekinlar ITIda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminarda hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, soha tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari rahbar va mutaxassislari, shuningdek g‘allachilik ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari qatnashdi.

Qatnashchilar Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida boshoqli don ekinlari, dukkakli don ekinlari va noan'anaviy ekinlar yangi navlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, seminarda “Respublikada avlodli urug‘liklar jamg‘arish bo‘yicha 2022-yil yakunlari va kelgusi yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘chiligi istiqbollari”;

Respublikada ekilayotgan boshoqli don ekinlari navlari va ularni hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish” hamda “Boshoqli don ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligining kelgusi yillardagi asosiy yo‘nalishlari hamda bugungi kundagi ITIlarining oldida turgan dolzarb vazifalar” mavzularida ma'ruzalar tinglandi.

Jami 200 nafarga yaqin o‘quv-seminar qatnashchilari urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish borasida fikr almashdilar, bu boradagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar, o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtaga tashlab, o‘zaro muhokama qildilar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdonmahsulot #Boshoqli_don_ekinlari #galla #Andijon

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram