QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
18.8K photos
2.5K videos
5 files
8.21K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
TOSHKENTDA MARKAZIY OSIYODAGI ENG YIRIK KOSMIK TEXNOLOGIYALAR KONFERENSIYASI BOʻLIB OʻTDI

👥Joriy yilning 26-27-aprel kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo kosmik texnologiyalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekistonda ikkinchi bor tashkil etilayotgan mazkur tadbir sohada yetakchi boʻlgan 10 dan ortiq davlatdan 250 dan ortiq kosmik korporatsiyalar, agentlik va qoʻmitalar vakillarining uchrashuv joyiga aylandi.

Raqamli texnologiyalar huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – “Oʻzbekkosmos” tashkil etgan mazkur konferensiyada respublika iqtisodiyotining koʻplab sohalaridan rahbar va mutaxassislar, jumladan Qishloq xoʻjaligi vazirligi rahbariyati va mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

#xalqaro_hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #kosmik_texnologiyalar #konferensiya #Ozbekkosmos

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADA “O‘ZBEKKOSMOS” AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🤝Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Shuxrat Kadirov boshchiligidagi agentlik vakillari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasidagi tajriba, katta hajmdagi maydonlarga ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlov berish bo‘yicha platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan suv manbasidan ekin joylashgan konturgacha bo‘lgan sug‘orish ishlarini monitoring qilish, ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini va sug‘orish samaradorligini baholash bo‘yicha loyihaning joriy holati ko‘rib chiqildi.

#uchrashuv #hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekkosmos #geoaxborot_texnologiyalari #raqamlashtirish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM