QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
18.8K photos
2.5K videos
5 files
8.21K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 582 YILLIGI KENG NISHONLANMOQDA

📖Bugun 9-fevral kuni buyuk shoir, mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda.

Uning bebaho ijodiy merosi nafaqat turkiy xalqlar adabiyoti, balki jahon adabiyoti madaniyati taraqqiyoti tarixida katta ahamiyatga ega.

Shoir o‘z ona tilining bor boyligi va go‘zalligidan foydalanib, o‘lmas asarlarida yuksak insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etgan.

Bugun biz hamkasblarimiz, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari xodimlari bilan birga Alisher Navoiyning mashhur g‘azallaridagi yorqin satrlarni yana bir bor eslashga taklif qilamiz.

#9_fevral #mutafakkir #shoir #Navoiy #Qishloq_xojaligi_vazirligi
*****
ОТМЕЧАЕТСЯ 582-ЛЕТИЕ СО ДНЯ РОЖДЕНИЯ АЛИШЕРА НАВОИ

📖9 февраля отмечается 582-летие со дня рождения великого поэта, мыслителя, государственного и общественного деятеля Алишера Навои.

Его бесценное творческое наследие имеет важное значение в истории развития не только литературы тюркских народов, но и мировой, национальной культуры нашего народа.

Используя все богатство и красоту родного языка, в своих бессмертных произведениях поэт воспевал высокие идеалы гуманизма, общечеловеческие ценности.

Сегодня мы предлагаем вам вспомнить яркие строки из известных газелей Алишера Навои в исполнении наших коллег, сотрудников структурных подразделений Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан.

#9_февраля #поэт #Навои #Министерство_сельского_хозяйства

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ALISHER NAVOIY VA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR – TEMURIYLAR DAVRINING BUYUK NAMOYANDALARI

🔰2023-yil 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazida (ISCAD) buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hamda ulug‘ sarkarda, shoir va davlat arbobi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti professori Bobir Negmatov ishtirok etib, “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur – Temuriylar Uyg‘onish davrining buyuk siymolari” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir ishtirokchilari mavzu yuzasidan fikr almashib, mashhur g‘azallardan satrlar o‘qidilar.

#Navoiy #Bobur #ISCAD
*****
АЛИШЕР НАВОИ И ЗАХИРИДДИН МУХАММАД БАБУР – ВЕЛИКИЕ ДЕЯТЕЛИ ЭПОХИ ТИМУРИДОВ

🔰В Международном центре стратегического развития и исследований в сфере продовольствия и сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан (ISCAD) 9 февраля 2023 года коллектив Центра провел тематическую лекцию, посвященную дню рождения Алишера Навои – великого поэта и мыслителя, а также великого полководца, поэта и государственного деятеля Захириддина Мухаммада Бабура.

В данном мероприятии принял участие профессор Национального университета Узбекистана Бобир Негматов, который выступил с докладом на тему: «Алишер Навои и Захириддин Мухаммад Бабур – великие деятели эпохи Возрождения Тимуридов».

Участники мероприятия обменялись мнениями по теме и зачитали строки из известных газелей.

#Навои #Бабур #ISCAD

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARMANA TUMANIDAGI “DO‘RMON JAVOHIRI” FERMER XO‘JALIGIDA CHIGIT EKISH JARAYONI

🚜Navoiy viloyati Karmana tumanidagi fermer xo‘jaliklarida jadallik bilan chigit ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

#chigit_ekish #fermer_xojaliklari #Navoiy
*****
ПОСЕВ СЕМЯН В ФЕРМЕРСКИХ ХОЗЯЙСТВАХ НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ

🚜В хозяйствах Карманинского района Навоийской области начался процесс интенсивной высадки семенного материала.

#посев #фермерские_хозяйства #Навои

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEKISTON – FURSATDAN UNUMLI FOYDALANADIGAN INSONLAR YURTI

🔰Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi tashrifini Navoiy viloyatiga amalga oshirdi.

Aytib o‘tishimiz joizki, Navoiy qishloq xo‘jaligida o‘ziga xos maktab va o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu borada tuman mehnatkashlari paxta deymizmi, g‘alla deymizmi yoki meva-chevalarmi – har sohada yuzlari yorug‘ bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lishi uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar.

Birgina misol: dastavval Xatirchi tumanidagi yangi tashkil etilgan “Navoiy Fayzkom tekstil” misolida ko‘radigan bo‘lsak, ayni paytda bu yerda 450 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Endi esa bu yerda to‘quv, bo‘yash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bunda esa yana qo‘shimcha 550 ta ish o‘rni yaratiladi. Demakki, bitta loyiha mingta hamyurtimizni doimiy ish o‘rni bilan ta'minlaydi. Shu o‘rinda aytib o‘tsak, 8,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Korxonada kuniga 15 tonna kalava chiqarilayotgan bo‘lsa bu oyiga 450 tonna demakdir. Eng asosiysi, mahsulotlar bugungi kunda Rossiya, Polsha, Turkiya kabi mamlakatlarga yo‘l olmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #tekstil #ip_kalava #eksport #Navoiy

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
NAVOIY VILOYATI: YANGI O‘ZLASHTIRILGAN YERLARDA HAM HOSIL MO‘L

🍉Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Navoiy viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ta'minlashga kirishish va bugungi topshiriqlarning mohiyati va mazmunini eng quyi bo‘g‘ingacha yetkazish.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan Oq oltin massividagi o‘zlashtirilgan yerlarda mehnat qilayotganlar bilan bo‘lib o‘tdi. Bu yerda bir necha yil avval qarovsiz yotgan adirliklar bugungi kunda ko‘zni quvontiradigan yashil maydonga aylangan. 222 gektar maydonda uzum bog‘i barpo etilgan. Uzumdan tashqari tarvuz, handalak, qovun kabi poliz ekinlari ham ekilgan. Shuningdek 15 gektar yerga olma va shaftoli ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, ular aynan ilk hosillarini berishga ulgurdi. Mazkur hududda 300 dan ziyod ishchi mavsumiy mehnat bilan band bo‘lsa, 40 dan ortiq oila vodiy viloyatlaridan kelib mehnat qilishmoqda.

Bilamizki, Navoiy viloyatining Xatirchi tumani azaldan don va dukkakli o‘simliklarni ekishga ixtisoslashtirilgan. Demakki, g‘alladan bo‘shagan yerlarda aynan mosh ekiladi. Mosh Xitoy Xalq Respublikasiga eksportga chiqariladi.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #uchrashuv #poliz_ekinlari #eksport #Navoiy

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN UNUMLI FOYDALANISH UCHUN POLIZ EKINLARI EKILMOQDA

🍈Navoiy viloyatining Nurota tumanida qishloq xo‘jaligining asosiy yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahsulotni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorish etish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Tumanda joriy mavsumda asosiy maydonlarga 192 gektar hamda bog‘-tok qator oralariga 93 gektar qovun, tarvuz va qovoq mahsulotlari ekish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlarimiz 3 gektar maydonga kartoshkaning “Gala” navini ekib, gektaridan 35-40 tonna hosil olib, bozordagi narxlar barqarorligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Sayfiddin To‘xtayev” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfiddin aka ham mana besh yildirki, dehqonchilikning hadisini olib, daromad topayotganlardan. Bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmasdan, undan oqilona foydalanish maqsadida fermer xo‘jaligida asosiy ekin maydonlaridan tashqari 1 gektarga yaqin yerda yeryong‘oq, 3 gektarda esa tarvuz, qovun, 4 gektarda makkajo‘xori, 2 gektargan ziyod yer maydonida esa kungaboqar ekildi.

#dehqonchilik #oziq_ovqat #yeryongoq #tarvuz #qovun #kungaboqar #Navoiy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM