QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
21.7K photos
2.63K videos
7 files
8.98K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston va Yaponiya: hamkorlikning yangi bosqichlari

Joriy yilning 13-noyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Yaponiya Qishloq xo‘jaligi milliy ilmiy markazi (NARO) O‘simliklar genetik resurslari Genbanki direktori o‘rinbosari doktor Komoto Natuo o‘rtasida qishloq xo‘jaligidagi hamkorlikning yangi bosqichi hamda sabzavotchilik sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌Aytish kerakki, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida zamonaviy ilg‘or tendensiyalarni amalga oshirish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilgan bugungi uchrashuv ham so‘zimiz ayni isboti.

Unda, O‘zbekistonda sabzavot, poliz va kartoshka yetishtirishning ilmiy asoslangan zamonaviy, yanada samarali resurs tejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash hamda eksportbop elita nav va duragaylarni yaratish, shuningdek, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarishga joriy qilish, o‘simliklar genetik resurslarini ekspeditsiyalar asosida yig‘ib olish, saqlash va seleksiya uchun kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida fikrlar almashildi.

📝Ma’lumot o‘rnida, Yaponiyaning NARO tashkiloti O‘simliklar genetik resurslari Genbanki Dunyoning top 10 ta eng yirik genbanlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u yerda 230 mingdan ziyod o‘simlik navi namunalari saqlanadi.

🔗Muzokaralar yakunida tomonlar samarali va konstruktiv hamkorlikning amaliy jihatlarini kelishib olishdi. Bu esa, sabzavotchilik sohasining rivojlanishida tub burilish yasalishiga turtki bo‘ladi, shubhasiz.

#agrar #hamkorlik #NARO #institut

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM