QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #hudud

HUDUD | KO‘CHMA LABORATORIYA YORDAMIDA TUPROQ UNUMDORLIGI O‘RGANILMOQDA

🎥 Mening yurtim telekanalining Hudud dasturida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproqsifattahlil” DUK tomonidan Namangan viloyatining Uychi tumanida tuproqlarning ozuqa elementlari bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash hamda fermer va boshqa yerdan foydalanuvchilarga to‘g‘ri tavsiyalar berish maqsadida tashkil etilgan maxsus tur haqida reportaj tayyorlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“MY 5” telekanalining Hudud dasturida “O‘zbekiston – Qirg‘iziston biznes forumida erishilgan natijalar” haqida lavha efirga uzatildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qirg‘izistonlik agrar soha vakillari bilan hamkorlikda chorvachilik komplekslari, intensiv bog‘lar va issiqxonalar tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilganligi xususida so‘z yuritgan.

#repost #Hudud #Biznes_forum #Hamkorlik #Ozbekiston #Qirgiziston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar bergan edik. Ushbu qaror va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha “Mening yurtim” telekanalining Hudud informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

Lavhada “Agroplatforma” axborot tizimining joriy etilishi va bu orqali agrar soha vakillariga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligining mutasaddi xodimlari o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan.

Shuningdek, lavhadan 2024-yil hosilidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari tijorat banklarining “Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtirilishi haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Mening_yurtim #Hudud #Agroplatforma

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram