Sholining qurg'oqchilik va sho'rga chidamli 300 dan ortiq nav namunalari keltirildi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi G‘allachilik va dukkakli don ekinlari bo‘limi boshlig‘i Abdulla Mansurov boshchiligidagi delegatsiya 28-30-noyabr kunlari Filippin davlatidagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida xizmat safarida bo‘lishdi hamda institut direktori Ajay Kohli va olimlar bilan uchrashuv hamda muzokaralar o'tkazishdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon Global iqlim o‘zgarishi, havo haroratining yildan-yilga isib borishi, suv zaxiralarining kamayib borishini hisobga olgan holda sholining yangi navlarini yaratish va ularga mos zamonaviy yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik tadqiqotlarni bajarish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Delegatsiya tomonidan Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidan mahalliy sharoitlarga moslashtirish va tanlab olish maqsadida sholining qurg'oqchilikka va sho'rga chidamli 300 dan ortiq nav va namunalari olib kelindi.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o'rtasida kadrlar malakasini oshirish, yangi, zamonaviy seleksiya usullarini o‘rganish va qator masalalar yuzasidan o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.
#sholichilik #Filippin_tajribasi
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM