QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#ASK #Yevropa_Ittifoqi

QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT SEKTORI RIVOJINI QO‘LLAB-QUVVATLASH: O‘ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI HAMKORLIGI

🌐O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan mustahkam xalqaro aloqalarni olib borishda davom etmoqda va buning yaqqol isbotini O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati misolida kuzatish mumkin. Xususan, YEI tomonidan O‘zbekistondagi oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va agrar siyosatga doir dolzarb vazifalarni amalga oshirishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda tizim tashkilotlariga texnik ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish (ASK) dasturi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. ASK dasturi, shuningdek, mamlakatning agrar oziq-ovqat sektoridan manfaatdor tomonlar o‘rtasida barqaror muloqot va hamkorlik o‘rnatishga ham xizmat qiladi.

“Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasini uzoq vaqtdan beri qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Chunki bu soha mamlakatda aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha katta salohiyatga ega hamda milliy iqtisodiyotga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Qolaversa, ishonamizki, sektor taraqqiyoti mamlakatning chekka va zaif hududlarida yangi daromad manbalarini yaratish uchun yirik imkoniyatlarni taqdim etadi” deydi ASK dasturi haqida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian xonim.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#ASK #Европейский_Союз

ПОДДЕРЖКА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА И РАЗВИТИЕ ОТРАСЛЕВЫХ ЗНАНИЙ – СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ЕВРОПЕЙСКОГО СОЮЗА

🌐Узбекистан продолжает поддерживать прочные международные отношения с Европейским союзом (ЕС) и это хорошо просматривается на примере деятельности Министерства сельского хозяйства РУ. В частности, в оказании технической помощи Министерству сельского хозяйства и организациям сферы в реализации неотложных задач, связанных с продовольственной безопасностью, изменением климата и аграрной политикой в Узбекистане, была запущена программа «Поддержка сельского хозяйства и развитие отраслевых знаний» (ASK). Эта программа ASK также служит установлению устойчивого диалога и сотрудничества между заинтересованными сторонами агропродовольственного сектора страны.

«ЕС поддерживает сельскохозяйственный сектор уже долгое время. Это сфера с большим потенциалом для будущего, которая вносит значительный вклад в национальную экономику. Мы также видим хорошие возможности для создания новых источников дохода во многих отдаленных и уязвимых районах страны» – говорит о программе ASK посол Европейского Союза в Узбекистане г-жа Шарлотта Адриан.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAQSAD – ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

👥Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan Yevropa Ittifoqi ASK Facility loyihasi texnik ko‘magida Loyiha boshqaruv ofisi tashkil etilgan edi. Uning asosiy vazifasi vazirlik tizimidagi har bir islohot harakatini loyihalashtirish orqali strategiya bilan muvofiqligini ta’minlashdan iborat.

👉Batafsil

#Loyiha_boshqaruvi_ofisi #Qishloq_xojaligi_vazirligi #ASK_Facility
*****
ОБУЧЕНИЕ ПО ПОВЫШЕНИЮ ЭФФЕКТИВНОСТИ РАБОТЫ

👥По инициативе руководства Министерства сельского хозяйства Узбекистана и при технической поддержке проекта Евросоюза ASK Facility был создан офис управления проектами. Основная функция офиса – обеспечение утвержденной стратегии путем разработки реформ в системе Министерства.

👉Подробнее

#офис_управления_проектами #Министерство_сельского_хозяйства #ASK_Facility

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH BO‘YICHA POLSHA TAJRIBASI O‘RGANILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining (ISCAD) mutaxassislaridan iborat guruh Yevropa Ittifoqining ASK (Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish) dasturi doirasida Polsha Markaziy statistika ofisi va Qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurdi.

Polsha Markaziy statistika ofisi tomonidan milliy qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni amalga oshirib kelinmoqda. 2010-yildan milliy qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlab yangi so‘rov metodologiyasi qo‘llanila boshlandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lganlar o‘zini onlayn ro‘yxatlashtirishi, intervyu oluvchi tomonidan telefon orqali suhbat yoki ro‘yxatlashtirayotgan agent tomonidan o‘tkaziladigan yuzma-yuz muloqot orqali maʼlumot berishi yo‘lga qo‘yildi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #Qishloq_xojaligi_vazirligi #ISCAD #ASK #royxatdan_otkazish_jarayoni #Polsha

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM