Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
22-APREL — XALQARO YER KUNI
🌳Bugun 22-aprel Xalqaro yer kuni! Bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yilda ekologiya muammolariga e‘tibor qaratish va tabiatni asrashga chaqirish maqsadida ta‘sis etilgan. O‘zbekistonda ham mavjud yer maydonlaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, uning degradatsiyasiga qarshi kurashish, yangi yerlarni o‘zlashtirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Qaqragan, bir tomchi suv ham topilishi amrimahol bu dashtlarda qachonlardir bog‘ barpo bo‘ladi, yer obodlashadi desa, ishonishmasdi. Ammo inson bu ro‘yi zaminga yaratish, obod qilish, unga bezak berish uchun kelgan. Istak, mehr, mehnat—mana shu uch o‘lchov hozir bo‘lsa, insoniyat qiyinchiliklarni-da yengib, barchasini uddalaydi. Cho‘lni obod qilishni, bog‘-rog‘lar yaratishni maqsad qilgan qahramonimiz ham bugun o‘z niyatiga qisman bo‘lsa-da, yetdi. Hech kim kutmagan, ishonmagan dashtlikda o‘rikzor yaratildi. Kun kelib, bu daraxtlar meva beradi, bog‘ maydoni yana-da kengayadi. O‘z maqsadlari sari dadil qadam tashlaydigan insonlar esa mana shunday bog‘lar barpo etishga qodir. Zaminni insongina obod qiladi.
Filmimiz orqali nafaqat yerning qanchalik qadrli ekanini, balki uni obod qilish borasida yurtimizda olib borilayotgan ishlarning ifodasini ham birgina misol orqali ko‘rsatishga urindik.
Videoni 4K formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling
#22_aprel #Xalqaro_yer_kuni #bog #daraxt #meva #inson #maqsad #sabr
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM