QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI TIZIM TASHKILOTLARI TOMONIDAN “
YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA DARAXT KO‘CHATLARI EKILMOQDA

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilanYashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

“Tuproq tarkibi va repozitoriysi sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi ishchi xodimlari tomonidan muassasa hududida 300 tupga yaqin manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Shuningdek, Olmazor tumani “G‘ani A’zamov” hamda “Gulsaroy” mahallalari hududiga 120 tup terak, 70 tup olma, 50 tup olxo‘ri, 25 tup nok, 25 tup xurmo hamda 10 tup shaftoli ko‘chatlari ekildi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy va texnik xodimlari institut atrofini obodonlashtirish barobarida “Zarbdor 40 kunlik” oyligi doirasida 400 dan ortiq manzarali va 100 dan ortiq mevali, jami 500 dan ortiq ko‘chatlarni ekishga erishdilar. Ekilgan mevali daraxtlar orasida intensiv mevali daraxtlar ko‘chatlari ham bor.

Farg‘ona viloyati Quva tumanida ham Qishloq xo‘jaligi bo‘limi ishchi xodimlari tomonidan manzarali va mevali ko‘chatlarni ekish ishlari amalga oshirildi. Qaraqalpog‘iston Respublikası Xo‘jayli, Shumanay tumani mehnatkashlari peshqadamlar safida. Ular dala chetiga uzum hamda tut nihollarini ekishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon #Kochat_ekish #Umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Vazirlik tizimidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi, “Agroservis operator” DUK, Agentlikning Toshkent viloyati rahbar va xodimlari tomonidan Ohangaron tumanida 300 tup archa, 250 tup pavlovniya va 300 tup manzarali daraxtlar ko‘chatlari ekildi. Toshkent viloyatining har bir tumanida 500 dan ortiq archa, pavlovniya va manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida OTM jamoasi va talabalar birgalikda institut hududiga 20 tup Qrim qarag‘ayi, 280 tup eldar qarag‘ayi, 820 tup pavlovniya, 20 tup yapon sakurasi, 100 tup xurmo, 30 tup archa va 100 tupga yaqin boshqa manzarali ko‘chatlarni ekishdi. Professor-o‘qituvchilar yosh nihollarni ekish agrotexnikasi bo‘yicha kerakli tavsiyalarni berib o‘tishdi. Bu kabi tavsiyalar mahallalar kesimida ham berib borilmoqda.

Daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari Buxoro viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan Vobkent tumanida ham boshlab yuborilgan bo‘lib, bu yerga Samarqand viloyatidan 22 300 dona “Qora kishmish” navli tok ko‘chatlari keltirildi. Ushbu ko‘chatlar tumanda mavjud fermer xo‘jaliklarining bug‘doy va paxta yer maydonlari atroflarini yashil makonga aylantirish maqsadida o‘tqazilmoqda.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Xususan, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Tajriba xo‘jaligi” hududiga 800 tupdan ortiq terak va pavlovniya kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Tadbirda institut rahbariyati, laboratoriya rahbarlari, tayanch doktorantlar hamda texnik xodimlar faol ishtirok etdi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi tomonidan Yangiyo‘l tumani Epkendi MFYda joylashgan sinov-tajriba hududida obodonlashtirish ishlari o‘tkazilib, 200 dan ortiq (80 tup olma, 20 tup oʻrik, 20 tup uzum, 20 tup jiyda, 30 tup nok va 40 tup gilos) mevali daraxt ko‘chatlarini ekish amalga oshirildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ham ushbu ummumilliy loyiha doirasidagi ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, Milliy markaz va Toshkent viloyati Agroxizmatlar markazi jamoasi birgalikda AKIS markazining tajriba maydonida uzum bog‘i tashkil etildi. Unda uzumning “Husayni”, “Kishmish” va “Tayfi” navlari ekildi. “Zarbdor 40 kunlik” yakuniga qadar bu bog‘da 200 tup uzum ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Surxondaryo viloyat Agroxizmatlar markazida ham davom etdi. Milliy markaz vakillari hamda Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining xodimlari birgalikda Termiz tumanidagi Surxon-Namuna hududi “M.Eshtemirov” mahallasida joylashgan ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydoni atrofida 300 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilanYashil makonumummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Xususan, vazirlik huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazining 40 nafardan ziyod xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi ko‘chalar va yo‘llar yoqasi, bo‘sh yer maydonlariga 2 300 dan ortiq mevali, manzarali daraxtlar, gul va buta ko‘chatlari ekildi.

Markazning respublika bo‘ylab 13 ta hududiy boshqarmasi, 66 ta elita urug‘chilik xo‘jaliklari bor. Ularda ham ushbu ishlar davom etmoqda. Maqsad foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini foydalanishga kiritib, ko‘chatlarni ekish va ularni parvarish qilishdan iborat.

Qashqadaryo viloyatida ko‘chat ekish ishlarini samarali tashkil etish, agrotexnik qoidalarga qatʼiy rioya etish, parvarishlash va sug‘orish ishlarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha tajribali agronom, olim va bog‘bonlar ishtirokida Qamashi tumani Chim MFY, Nishon tumani Paxtakor MFY va Kasbi tumani “Mustaqilobod ko‘rki” fermer xo‘jaligida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Viloyat bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan ixota daraxtzorlar barpo etiladigan yerlarda 249 million dona, fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga 994 millin dona tut va tok hamda har xil turdagi manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida 2022-yil kuz hamda 2023-yil bahor mavsumida jami 1 mln 83 ming tup ko‘chat va qalamchalarni har bir mahalla, korxonalar va xizmat ko‘rsatish sohalari hududlarida, fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlari chetlariga hamda ijtimoiy soha (maktab, kasalxona, o‘quv yurtlari) obyektlari va tashkilotlar hududlariga ekish rejalashtirilgan.

Joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida 406,2 ming tup ko‘chatlar ekish belgilangan bo‘lib, bugungi kun holatiga 300 mingga yaqin ko‘chatlar o‘tqazildi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi yerlarida ixota daraxtzorlar barpo etiladigan maydonlarda 22,14 ming tup, fermer xo‘jaliklari va klaster dala chet maydonlariga 133,3 ming tup, ijtimoiy soha obyektlariga 34,9 ming tup, korxona va xizmat ko‘rsatish sohasi hududlariga 26,6 ming tup, mahallalar va boshqa obyektlar hududiga 82,1 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi taʼminlandi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

🌱Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Zarbdor 40 kunlik” munosabati bilan Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari tomonidan daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari davom etmoqda.

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Jizzax viloyatining qishloq xo‘jaligi korxonalari, klasterlar, fermer xo‘jaliklarida 1 mln 954 ming dona manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunga qadar 1 mln 251 ming tup (64%) manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi taʼminlandi.

2 139 ta paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining dala chetlariga ham manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazilmoqda. Kelgusi yil ko‘chat zahirasini yaratish maqsadida dala chetlariga ekilgan ko‘chatlar qator oralariga qalamchalar ekib chiqilmoqda.

Ko‘chatchilik fermer xo‘jaliklarida 2,2 mln dona, tadbirkorlik subyektlarida 2,6 mln dona, Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITIning filialida 76,0 ming dona ko‘chatlar zaxiralari yaratilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon #kochat_ekish #umummilliy_loyiha

AGROSANOATNI RAQAMLASHTIRISH MARKAZI XODIMLARI 500 TUP ARCHA KO‘CHATINI EKISHDI

🌱Bugungi kunda respublikamizda Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, joylarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi mutaxassislari tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 500 tup archa ko‘chatlari hashar tarzida ekildi.

Xayriya maqsadida ekilgan ushbu ko‘chatlar yetilganidan so‘ng, kasalxona bemorlari dardiga shifo bo‘lib, ularning ko‘nglini ko‘tarishiga umid qilamiz, deyishdi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi rahbariyati.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY TADQIQOT INSTITUTIDA “ONALAR BOG‘I” YARATILDI

🌳Davlatimiz rahbarining 2021-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan yurtimizda Yashil makon umummiliy loyihasi doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

#onalar_bogi #yashil_makon #umummiliy_loyiha #ilmiy_tadqiqot_instituti
*****
В НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОМ ИНСТИТУТЕ СОЗДАН «ONALAR BOG‘I»

🌳В нашей стране проводят комплексные работы в рамках национального проекта «Yashil makon», который исполняется согласно Указу главы государства «О мерах по ускоренному озеленению и более эффективной организации защиты деревьев», принятым 30 декабря 2021 года.

#национальный_проект #научно_исследовательский_институт

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA XODIMLARI UMUMXALQ HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETDI

🌳18-mart kuni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari bo‘lib o‘tdi.

#hashar #umumxalq #yashil_makon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Navro‘z bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.

Unda yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi boshqarma va tashkilotlar ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining ilmiy mutaxassislari, o‘qituvchi va talabalar ham obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishdi. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanalida efirga uzatilgan lavhada Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Abdulla Mansurovning umumxalq xayriya hashari va uning ahamiyati haqida bildirgan fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

#repost #axborot_24 #hashar #yashil_makon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
YASHIL MAKON” LOYIHASINING KUZGI MAVSUMI YOZYOVONDA HAM BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov agrar sohada joylardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar bilan tanishish shuningdek, dala chetlariga mevali daraxtlar, tok, tut, terak ko‘chatlari hamda to‘qsonbosti ekinlar ekish jarayoni bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Aziz Voitov ishchi tashrif rejasiga ko‘ra dastlab viloyatning Yozyovon tumanida bo‘lib, dala chetlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamda Yashil makon loyihasi doirasida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayni paytda Yozyovon tumanida 232 nafar fermer faoliyat yuritadi. 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida tuman miqyosida dala chetlaridagi 162 gektar yer maydoniga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish mo‘ljallangan. Jumladan 38 gektar yer maydoniga 152 ming dona tut daraxti ekilsa, 14 gektar maydonga 19 ming dona tok qalamchalari ekilib uzumzor qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 43 gektarga manzarali terak kochatlari ekilsa 67 gektarga sabzavot va poliz ekinlari ekish maqsad qilingan.

Azim Toshkentning Chilonzor tumanida Davlatimiz rahbari boshlab bergan “Yashil makonloyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumi vazir Aziz Voitov boshchiligida aynan Yozyovon tumanida ham start oldi. Shu munosabat bilan ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxonlar bilan Yozyovon tumani iqlimiga mos keluvchi ekinlar va daraxtlar turlari haqida maslahatlashildi. Shundan so‘ng loyiha doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab berildi.

Aziz Voitovning Farg‘onaga ishchi tashrifi davom etmoqda.

#fargona #tashrif #yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿YASHIL MAKON” BILAN HAMOHANG YASHNAYOTGAN
FARG'ONA


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning joylarda agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

🌳 Vazir viloyatning Oltiariq va Rishton tumanlarida ham bo‘lib, bu yerda to‘qsonbosti ekinlarni ekish jarayoni hamda dala chetlaridan unumli foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Oltiariq tumanida bugungi kunda 243 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida ular tomonidan jami 187 gektar dala chetlariga 534 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shundan 35 gektar yer maydoniga 140 ming dona tut daraxti, 12 gektar yer maydoniga 16 ming dona tok qalamchalari, 76 gektar yer maydoniga esa manzarali terak ko‘chatlari ekiish ishlari boshlab yuborilgan. Bundan tashqari dala chetlaridagi 64 gektar yer maydoniga sabzavot va poliz ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.

Vazir Aziz Voitov dehqon va fermerlar bilan suhbatlashar ekan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, dala chetlaridan samarali foydalanish maqsadida ekiladigan ekinlar va mevali daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlanib, bu borada boy tajribalardan ham foydalanish lozimligi qayd etildi.

#yashil_makon #Fargona #ishchi_tashrif

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashil makon” umummilliy loyihasi: qadriyatlar bilan qadr topayotgan tashabbus

Yurt obod bo‘lishida agrar tarmoq xodimlarining ham hissasi borligi qo‘lga belkurak olib, shijoat bilan mehnat qilishga undashi bor gap. Birgina, 28 gektar maydonni o‘z ichiga olgan Toshkent davlat agrar universitetining turli hududlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida alohida maydonlar ajratilganligi fikrimiz dalilidir.

🖋Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida shunday maydonlardan birida “Qishloq xo‘jaligi vazirligi bog‘i”ga asos solindi. Vazirlik markaziy apparati, departament va boshqarma boshliqlaridan iborat jamoa o‘zlarining umid nihollarini yerga qadadilar.

🌳Bugun bu bog‘ga 60 tup mevali daraxt ekildi. Olma, nok, behi mevaga kirishi uchun endilikda hamma birdek mehnat qiladi. Shugina emas. Vazir tashabbusiga ko‘ra bu yerda “Voish” usulida uzum ko‘chatlari ekish ilgari surildi.

📌Daraxt ko‘chatlari universitet hududining iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda.

🔊Vazir o‘z navbatida, universitet hududida tok ekish, sug‘orish tizimini takomillashtirish, terak qalamchalarini yetishtirish, har bir talabaning o‘z nomidan guruh asosida ko‘chat ekish va parvarishlash hamda ota-onalar bog‘ini yaratish taklifini berdi.

#yashil_makon #agrar #mevali_daraxt #tok

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimida "Yashil makon" loyihasi ijrosi

#yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koʻchat ekish — azaliy qadriyat

🌳Koʻchat ekib, bogʻ yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri boʼlib, shu kunlarda hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, butalar ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

✍️Taʼkidlash joizki, mamlakatda ekologik xavfsizlikni taʼminlash, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni izchillik bilan hal etishga qaratilgan bu kabi ezgu niyat barcha vazirlik va idora xodimlarini birdek ruhlantirib, ish joyilari hamda yashash xonadonlarini obodonlashtirish va koʼkalamzorlashtirish ishlariga befarq boʼlmaslikka undayotgani bor gap.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasida jonbozlik koʻrsatmoqda.

🌳Mazkur tadbirda qariyb, 80 dan ziyod olimlari va xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirda 2000 ga yaqin mevali, tok, manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekildi.

📌Aytish kerakki, yurtboshimizning ana shu tashabbusidan ruh olib, atrof-muhit sofligi va barqarorligini saqlashga intilib keladigan koʻp millatli xalqimizni, butun el-yurtimizni “Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob gʻoya ostida birlashishga chaqirmoqda. Zero, atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlodga tabiiy boyliklarni bus-butun yetkazish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish oldimizda turgan muhim vazifalardan sanaladi.

#yashil_makon #agrar #institut

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi

Bugungi jahon hamjamiyati tomonidan global ekologik muammolarga qarshi kurashish va barqaror rivojlanishga erishish yoʻlida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ana shunday ezgu qadriyatlarimiz davomiyligini taʼminlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil boʻlmoqda.

🖋Shu kabi maqsadlar yoʻlida markazda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi bog‘i”ga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

🌳 Xususan, bog‘ga 120 tupdan ortiq mevali daraxtlar (olma, anor, behi), bundan tashqari qaragʻay va terak kabi manzarali daraxtlar ham ekildi.

🔊 Bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʻtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.

#yashil_makon #sertifikatlash

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 “Surum” yanada obod makonga aylanmoqda

O‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni obod, farovon maskanga aylantirish har bir fuqaroning, farzandning muqaddas burchidir. Ushbu yuksak vazifani ado etish hamda yurtimizning ekotizimini saqlab qolish, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bu xayrli va ezgu maqsadni ko‘zlagan loyihaga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari ham o‘z hissalarini qo‘shishga ahd qilishdi.

🌳Korxona vakillari shijoati bilan Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi «Surum» MFY ga qarashli yer maydoni manzarali va mevali ko‘chatlar bilan yana-da obod va xushmanzara makonga aylanadigan bo‘ldi. Albatta, bu manzilga ko‘chat ekishdan oldin hududning iqlim sharoiti eʼtiborga olindi, shunga ko‘ra, daraxt ko‘chatlari tanlandi. 400 tupdan ortiq ko‘chatlar aynan ushbu maskan uchun munosibligi tasdiqlangach, yaxshi niyat bilan yerga ekildi.

🌟 Yaxshidan bog‘ qoladi deydi, xalqimiz. Bugun ko‘chat ekib, bog‘ yaratayotgan xalqimiz kelgusida avlodlarga go‘zal bo‘ston qoldirishi, shubhasiz.

#surum #yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM