QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SIRDARYO VILOYATIDA AGROLOGISTIKA MAJMUASI BARPO ETILADI

💻Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning “CITIC Construction” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yang Jiantsyan bilan videokonferensaloqa tarzidagi muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

#vazir #xalqaro_hamkorlik #videokonferensaloqa

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON – BAA: OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH SOHASIDAGI HAMKORLIK

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Birlashgan Arab Amirliklarining IFFCO GROUP iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va eksport qilish kompaniyasining oziq-ovqat sektori direktori Andrey Dnibri bilan videokonferensaloqa shaklida muzokara o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar qandolat va sut mahsulotlari, shuningdek, tomat pastasi va mevali murabbo bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

#vazir #xalqaro_hamkorlik #videokonferensaloqa #oziq_ovqat #Ozbekiston #BAA
*****
УЗБЕКИСТАН – ОАЭ: СОТРУДНИЧЕСТВО В СФЕРЕ ПРОИЗВОДСТВА ПРОДУКТОВ ПИТАНИЯ

🤝Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов провел переговоры с Андреем Днибри, директором пищевого сектора компании Объединенных Арабских Эмиратах по производству и экспорту товаров народного потребления IFFCO GROUP.

Стороны обсудили сотрудничество в области развития рынков кондитерских и кисломолочных продуктов, а также томатной пасты и фруктовых джемов.

#министр #международное_сотрудничество #ВКС #Узбекистан #ОАЭ

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI QONUN LOYIHASI MUHOKAMA QILINDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Aziz Voitov yurtimizda shu kungacha amalda bo‘lgan “Qishloq xo‘jaligi kooperativi” to‘g‘risidagi qonun 1998-yilda qabul qilingani, u bugungi kundagi korporativ talablarga mos kelmasligini, shu bois yangi qonun loyihasi ishlab chiqilganini aytar ekan, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga yaqindan yordam bergan Germaniya xalqaro hamkorlik agentligi – GIZning mutaxassislariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Hamkorlik munosabatlari nafaqat Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan, balki uning tizimidagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan ham yaqindan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu sohalarda qishloq xo‘jaligi kooperativlarini rivojlantirish ham o‘ziga xos o‘rin tutadi.

#vazir #uchrashuv #videokonferensaloqa #Qishloq_xojaligi_kooperativi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR BELGILAB OLINDI
🇺🇿🤝🇭🇺
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi bosh direktori Laslo Baran’i bilan uchrashdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda joriy yilning 26-iyul kuni Niredxaza universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida “Master Good” kompaniyasining moliyaviy ko‘magi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasidagi o‘zaro kelishuvlar muhokama qilindi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi parrandalar uchun ozuqa xomashyosi, ozuqa ishlab chiqarish, inkubatsiya, broyler yetishtirish, go‘shtni qayta ishlash, bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Frantsiya, Gretsiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Irlandiya, Kosovo, Polsha, Latviya, Litva, Moldova, Chernogoriya, Germaniya kabi turli mamlakatlarga eksport qiladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar loyiha doirasida amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruhini, shuningdek, investitsion kelishuvning ilk nusxasini shakllantirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #videokonferensaloqa #memorandum #inkubatsiya #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM