QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘limi boshlig‘i Sirojiddin Nizamov bilan Suv resurslari va ulardan foydalanishning iqlim o‘zgarishiga ta’siri bo‘yicha intervyu tashkil etildi.
 
Iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqlarida ta’kilaganlaridek, keyingi 30 yilda mintaqamizda havo harorati bir yarim darajaga ko‘tarildi.

“Bu esa, global isish ko‘rsatkichidan o‘rtacha ikki baravar ko‘pdir. Natijada muzliklar umumiy maydonining qariyb uchdan bir qismi yo‘q bo‘lib ketdi.

Agar bu tendensiya davom etsa, mintaqamizdagi ikkita yirik daryo – Amudaryo va Sirdaryoning oqimi 15 foizga kamayishi mumkin. Kelgusi yigirma yil ichida aholi jon boshiga suv bilan ta’minlanish 25 foizga, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi esa 40 foizga kamayishi kutilmoqda”.

Tahlillar qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi keskin choralar ko‘rishni taqozo etadi.

#iqlim_oʻzgarishi #global_isish #qishloq_xoʻjaligi #suv_resurlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM