QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO'JALIGIDA ISROIL TAJRIBASINI O‘RGANISH: HAMKORLIKGA YO‘L

💧Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida Jeykob Blausteyn nomidagi Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti direktori hamda Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Jeykob Blausteyn nomidagi Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti direktori Noam Vaysbrod va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi potensial hamkorlik uchun asos yaratildi.

Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti Isroildagi Negev cho‘lining qoq markazida joylashgan. Cho‘l bo'lishiga qaramay, Isroil innovatsion usullar va mohir yechimlar orqali gullab-yashnayotgan qishloq xo‘jaligi sektorini yaratishga muvaffaq bo'lgan. Isroilning suvni qayta ishlash va oqova suvlarni tozalash bo'yicha tajribasi maishiy oqova suvlarning deyarli 70 foizini qishloq xo‘jaligi maqsadlarida qayta ishlatish imkonini berdi.

#xalqaro_hamkorlik #IAU #ilmiy_tadqiqot_instituti #uchrashuv #innovatsiya #suvni_tejash #oqova_suv #qayta_ishlash #biotexnologiya #quyosh_energiyasi #ekotizim

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM