O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazida 21-oktyabr– O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda “O‘zbekiston” telekanali “Munosabat” ko‘rsatuvi boshlovchisi Quddus A'zam, “Antik dunyo” va “Turon” xalqaro akademiyasi akademigi, notiq, professor Rahimboy Jumaniyozov hamda tilshunos olimlar ishtirok etishdi.
– Ona tilimizning o‘ziga xos jihatlari, so‘z boyligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q, – deydi tadbirda so‘z olgan professor Rahimboy Jumaniyozov – O‘zbek tili haqida doimo qayg‘urishimiz, uning kelgusidagi rivoji, ravnaq topishida har birimiz mas'ulmiz. Vatanimizning har bir dilbandi o‘z ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini yuksak darajaga ko‘tarish borasida qilinayotgan tashabbuslarda birgalikda harakat qilishi lozim.
Tadbir davomida so‘ngi yillarda o‘zbek tilining nufuzi va maqomini yuksaltirishga qaratilgan bir qator farmon va qarorlar, me'yoriy hujjatlar qabul qilinganligi va ushbu yo‘nalishda 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiya va alohida ishlab chiqilgan dasturdan ko‘zlangan maqsad va uning mohiyati borasida so‘z bordi.
Savol javob tariqasida o‘tgan tadbir so‘ngida jonli ijroda kuy yangrab, yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki bayram shukuhini baxsh etdi.
#ona_tili #millat #bayram_tadbiri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadring baland boʻlsin ona tilim 🇺🇿
Toshkent davlat Agrar universitetida 21-oktyabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan "Qadring baland boʻlsin ona tilim" shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Qishloq xo’jaligi vazirligi, vazirlik tizim tashkilotlari vakillari, Toshkent davlat agrar universiteti professor o’qituvchilari, talabalar hamda tadbirga taklif etilgan bir qator mehmonlar, xususan, Do'stlik ordeni sohibi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shodmonqul Salom ham ishtirok etdi.
Tadbirda Qishloq xo'jaligi vazirining maslahatchisi Eshmirza Abdualimov Qishloq xo'jaligi vaziri Aziz Voitovning bayram tabrigini o'qib eshittirdi.
Shundan so'ng, Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori Sohibjon Islamov o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan barcha tadbir qatnashchilarini tabrikladi.
Tadbir davomida o’zbek tili rivojiga hissa qo’shayotgan bir qator qishloq xo’jaligi tizimidagi soha vakillari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bayram ko’tarinki kayfiyatda davom etdi. O'zbekiston davlat drama teatridan kelgan san’atkorlar tadbir qatnashchilariga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
#ona_tili #millat #bayram_tadbiri
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN MAʼRIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI
Qishloq xo‘jaligi vazirligida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov, Toshkent davlat Agrar universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Sayyora Xolmirzayeva hamda vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining shakllanish bosqichlari, ona tilimizning hozirgi siyosiy ahamiyati, ish hujjatlarida qo‘llanilishi hamda agrar sohada tilimiz meyorlariga rioya qilinishi yuzasidan fikrlar almashilindi. Shuningdek, Sayyora Xolmirzayeva tilimizning boy tarixi haqida so‘zlab berar ekan, uning hozirgi holatga kelguniga qadar necha-necha og‘ir yo‘llar bosib o‘tilganligi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Eshmirza Abdualimov tadbir qatnashchilarini 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, ona tilimizning kelajagi yoshlar qo‘lida ekanligini alohida qayd etdi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori bilan #onatilimfaxrim xeshtegi ostida fotosuratga tushishdi.
#ona_tili #millat #tabrik #onatilimfaxrim