QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.1K subscribers
21.2K photos
2.6K videos
7 files
8.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON-OZARBAYJON: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
Ozarbayjonga davlat tashrifi dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Veyselog‘lu” kompaniyasi prezidenti Aydin Tolibov bilan uchrashdi.

🔸Muloqot chog‘ida O‘zbekistondan katta miqdorda meva va quritilgan mevalar yetkazib berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hamkorlikda yetishtirish masalalari muhokama qilindi.

🔸Ta’kidlash joizki, Ozarbayjon kompaniyasi iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi va uning faoliyati ushbu segmentdagi ta’minot zanjirlarining barcha bosqichlarini - ishlab chiqarish, tarqatish, logistika va chakana savdoni qamrab oladi.

🔸Uchrashuv yakunida tomonlar yaqin hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

#Ozarbayjon #agrarsohasi #istiqbol

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISTIQBOL UMIDLARI” TANLOVINING HUDUDIY BO‘LINMALAR RESPUBLIKA SARALASH BOSQISHI O‘TKAZILDI

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy bo‘linmalarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil torgan jamoalar o‘rtasida “Istiqbol umidlari” tanlovining respublika saralash bosqishi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovning respublika saralash bosqichida 6 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆 Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan “Liderlar” jamoasi 🥇 1-o‘rin, Sirdaryo viloyatining Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak liderlari” jamoasi 🥈 2-o‘rin, Andijon viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kelajak umidlari” jamoasi 🥉 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘lgan tanlovda ishtirok etgan jamoalarga maxsus diplomlar topshirilgan bo‘lsa, faol qatnashgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan tanlovning navbatdagi hududiy bo‘linmalarining respublika saralash bosqichida ikkita g‘olib jamoa Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasidan “Liderlar” va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Bahs-munozalarga boy bo‘lgan ushbu turda ikki jamoa vakillari tanlov nizomidagi 3 shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov so‘ngida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasining “Kreativ” jamoasi 🏆g‘olib deb topilib, yakuniy final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lgan tanlovning ushbu bosqichida o‘z bilimlarini, aqliy salohiyatlarini namoyon qilgan 2 ta jamoa vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

#musobaqa #istiqbol_umidlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM