QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BIOMAHSULOTLAR – MO‘L VA SIFATLI HOSIL GAROVI

🪰Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda biologik usulning ahamiyati ortmoqda.

Bu usul tabiatdagi kushandalardan unumli foydalanish (qirib yubormaslik, ekinlar orasiga entomofaglarni jalb qiluvchi o‘simliklar ekish), entomofaglarni (trixogramma, brakon va oltinko‘z) biolaboratoriyalarda ko‘paytirib, dalaga mavsumiy chiqarish hamda mikroorganizmlar asosida yaratilgan biopreparatlar qo‘llashga asoslangan. “Surxon sifat tekstil” MCHJ qoshidagi biolaboratoriya ham paxtadan yuqori hosil olishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.

Biolaboratoriyaning asosiy vazifasi paxtadan yuqori hosil olish uchun zararkunandalarga qarshi kurashishdan iborat. 2023-yilning boshida tashkil etilgan biolaboratoriya ayni paytda 4500 gektar maydondagi paxtalarning hosildorligini oshirish uchun xizmat qilmoqda. Biolaboratoriyada asosan 3 xil foydali hasharotlar mavjud: oltinko‘z, trixogramma hamda brakonid. Bularning asosiy vazifasi zararkunanda hasharotlarni yo‘q qilishdan iborat.

#biolaboratoriya #entomofag #trixogramma #oltinkoz #brakon #zararkunanda #biopreparatlar

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM