QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YOSH OLIMLAR O‘RTASIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

📚Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida Yoshlar kuniga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda iqtidorli yosh doktorantlardan tashkil topgan 5 ta guruh o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar hakamlar tomonidan taqdim etilgan savollarga belgilangan vaqt ichida aniq javoblar berishga harakat qildilar.

Bellashuv yakuni bo‘yicha Abdurahmon Rasuljonov sardorligidagi 1-guruh jamoasi 1-o’rinni egallab, tashkilotchilar tomonidan sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandi.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #zakovat #yoshlar_kuni #agrar_soha_yoshlari
*****
СРЕДИ ЮНЫХ УЧЁНЫХ ПРОШЛА ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНАЯ ИГРА «ЗАКОВАТ»

📚В научно-исследовательском институте механизации сельского хозяйства прошла интеллектуальная игра «Заковат».

В находчивости и интеллектуальном развитии соревновались пять групп талантливых молодых докторантов. Участники старались давать точные ответы на поставленные жюри вопросы в отведенное время.

По итогам соревнований команда 1-й группы под руководством Абдурахмана Расулджанова заняла 1-е место и была награждена грамотой и призами от организаторов.

#НИИ #заковат #день_молодёжи #молодежь_аграрной_сферы

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZ YOSHLARI SURXONDARYODA JAM BO‘LISHDI

👥Boysun. Temir yo‘l vokzali. Bir tomonda karnay surnay sadosi, bir tomonda chanqovuzning kishini bepoyon kengliklar sari chorlovchi mayin ovozi yangramoqda. Milliy kiyinib olgan jajji bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan raqs kishi ko‘zini quvnatadi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari o‘tkazilayotgan “III Yoshlar forumi” ishtirokchilari hozirgina kelib to‘xtagan poezddan tushib kelmoqda.

Viqorli tog‘lar, daraga tarovati taralgan gullar, pishqirib oqayotgan daryo. Forum ishtirokchilari Darband darasi tomon avtobuslarda borarkan yurtimizning betakror go‘zalligi o‘z nashidasini kuylayotgandek bo‘ladi. Forum ishtirokchilarining navbatdagi manzili so‘lim maskan “Xo‘jaimayxon ota” bo‘ldi.

Ushbu ziyoratgoh o‘zining bulog‘i bilan mashhur. Buloqdan bir soniyada bir necha kub metr suv yer ostidan qaynab chiqadi. Muzdek, tanga rohat beruvchi suv Boysun hamda Sherobod tumanlarini chuchuk suv bilan ta’minlaydi.

#Yoshlar_forumi #Yoshlar_kuni #forum #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚Joriy yilning 24-iyun kuni “Zakovat Arena” intellektual o‘yinlar saroyida Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari, vazirlik tizimidagi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, agentlik va qo‘mitalarning yosh davlat xizmatchilari va iqtidorli talabalari ishtirokida “Zakovat” intellektual bahslari o‘tkazilganligi to‘g‘risida klubning rasmiy telegram kanalida xabar berildi.

Unda 30 iyun — Yoshlar kuniga bag‘ishlab tashkillashtirilgan ushbu o‘yinga g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni taqdirlash uchun qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov tashrif buyurgani bayon etilgan.

Shuningdek, bahslarda qaysi jamoalar g‘olib bo‘lgani va ularga topshirilgan kubok, medal va qimmatbaho sovg‘alar haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #yoshlar_kuni #zakovat

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O'zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanaliga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 30-iyun — “Yoshlar kuni munosabati bilan 15-16-17-iyun kunlari Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK” shiori ostida “III Yoshlar forumi” haqida videorolik joylashtirildi.

Unda Surxondaryo viloyatida “III Yoshlar forumi” ishtirokchilari tantanali kutib olingani, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan yoshlar viloyatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishgani, forum doirasida tashkil etilgan turli tadbirlar aks ettirilgan.

#Ozdavyerloyiha #yoshlar_kuni #yoshlar_forumi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mamlakatimizda 2017-yildan buyon 30-iyun — “Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Barcha sohadagi kabi qishloq xo‘jaligi vazirligining yoshlari ham ilm-fan, intellektual salohiyat, vatanparvarlik va tashabbuskorlik bo‘yicha dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan darajada bilimli, kuchli, uddaburondirlar.

O'tayotgan haftada 30-iyun — "Yoshlar kuni" respublikamizda keng miqyosda nishonlandi. Ushbu bayram yoshlar uchun alohida sana bayram sifatida belgilanishining o‘ziyoq  davlatimiz rahbari tomonidan o‘sib kelayotgan avlod taqdiri masalasiga qaratilgan alohida e’tiborning yaqqol namunasidir.

Statistikaga qaraydigan bo'lsak, qishloq xo‘jaligi tizimidagi xodimlarning 40 foizdan ortig‘ini yoshlar tashkil etadi. Yaʼni vazirlik markaziy apparati va uning tizim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalari boshqaruv apparatlarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan 3 152 nafar yoshlardan iborat.

Ularning 110 nafari vazirlik markaziy apparati, 1 441 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda hududiy boshqarmalarda, 1 081 nafari tizim tashkilotlari hamda 520 nafari oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat yuritishmoqda.

Mana shunday katta va kuchli jamoa orasidan o‘z mehnati va iqtidori bilan eʼtiborga tushgan va eʼtirofga sazovor bo‘lgan yoshlar bizning filmimiz qahramonlariga aylanishdi.

Maroqli tomosha tilaymiz!

#yoshlar_kuni #yoshlar_forumi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM