QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

🔰 Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Qishloq xo‘jaligi fani va to‘qimachilik sanoatining yutuqlari, innovatsiyalari, texnologiyalari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy simpozium ish boshlaydi.

🗓 17-18-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu simpoziumda yurtimiz va 15 ga yaqin xorijiy davlatdan taklif etilgan qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

📌 Ushbu tadbir haqida keyingi xabarlarimizda yoritib boramiz. Kuzatishda davom eting.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

A‘zam Ravshanov, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI (PSUYEAITI) direktori:
- Bugungi kunda PSUYEAITIda xalqaro aloqalar geografiyasi kengaytirilib, ilg‘or xorijiy tajribalarni respublikaga joriy etish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yildi. Natijada, AQSH, Xitoy, Pokiston, Turkiya, Gretsiya, Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Belarus davlatlaridagi ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolanib, soha rivojida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Paxtaning rayonlashgan "Sulton", "Namangan-77", "Andijon-35", "Andijon-36" navlarining urug‘lari Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikalariga eksport qilinmoqda. Jumladan, Pokiston Islom Respublikasida 5 ta, Ozarbayjonda 4 ta, Qirg‘izistonda 2 ta g‘o‘za navlari urug‘larini sinash ishlari amalga oshirilmoqda.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

Ravshan Mamutov, O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi bo‘yicha qo‘mitasi raisi:

- Bugun agrar sohada urug‘chilik yo‘nalishining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda o‘rni alohida. Shu sababdan respublikada urug‘chilikni takomillashtirish orqali yangi navlarni yaratish masalalariga eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun maxsus urug‘chilikni rivojlantirish bo‘yicha jamg‘arma tashkil etildi. Bu yo‘nalishda innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda. Qolaversa, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITIning qator tashkilotlar bilan hamkorlikdagi xizmatini alohida taʼkidlab o‘tmoqchi edim.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

Shavkat Hamroyev, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri:

– Simpoziumda belgilangan masalalar juda muhim va ularni hal etishda, shubhasiz, kompleks yondashuv zarur. Olimlarning fikricha, iqlim o‘zgarishi havo haroratining ko‘tarilishiga olib keladi va bu suv ta’minoti uchun xavf tug‘diradi. Vazirligimiz tomonidan respublika hududlarida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, kompleks melioratsiya ishlab chiqilmoqda, mutaxassislar tuproqdagi sho‘rlarni yuvishmoqda va sho‘rlanganlik darajasini kamaytirish ishlari olib borilmoqda. Biz tomchilatib sug‘orishni mamlakatimiz hududlarida keng ko‘lamda joriy etish bo‘yicha o‘rganishni davom ettirmoqdamiz.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

Akmal Shamsiyev, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Paxtachilik boshqarmasi boshlig‘i:

- Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yillik ilmiy faoliyati davomida institut olimlari tomonidan g‘o‘zaning tezpishar, yuqori hosil va tola sifatiga ega, urug‘laridagi moy miqdori yuqori, kasalliklar va zararkunandalarga bardoshli, mashina terimiga mos bo‘lgan o‘rta va ingichka tolali navlarini yaratish bo‘yicha keng qamrovli izlanishlar olib borilmoqda. Institut nafaqat O‘zbekistonda, balki Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va boshqa ko‘plab xorijiy davlatlarda ham paxtachilik sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Акмал Шамсиев, начальник управления хлопководства Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан:

- За 100-летнюю научную деятельность учеными НИИССАВХ проведена широкомасштабная исследовательская работа по созданию скороспелых, высокоурожайных, средне- и тонковолокнистых сортов хлопчатника с качественными волокнами, с высоким содержанием масла в семенах, устойчивых к болезням и вредителям, пригодных для машинной уборки. Институт вносит свой вклад в развитие хлопковой отрасли не только Узбекистана, но и Туркменистана, Таджикистана, Кыргызстана, Казахстана, Азербайджана и многих других зарубежных стран.

https://t.me/uzagroministry/7111
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

🔸 Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumida qishloq xo‘jaligi ekinlari genofondi, molekulyar genetika, biotexnologiya, urug‘chilik, o‘simlikshunoslik va o‘simliklarni himoya qilish, sug‘oriladigan dehqonchilik, paxtachilik va g‘allachilik, meliorativ va resurs tejovchi texnologiyalar, agrokimyo va tuproqshunoslik, shuningdek, to‘qimachilik sanoati kabi yo‘nalishdagi mavzular muhokama etilmoqda.
___________

🔹 На международном симпозиуме обсуждаются такие темы как: генофонд сельскохозяйственных культур, общая и молекулярная генетика, биотехнология, селекция, семеноводство, растениеводство и защита растений, общее и орошаемое земледелие, хлопководство и зерноводство, мелиорация и ресурсосберегающие технологии, агрохимия и почвоведение, а также текстильная промышленность.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#paxtachilik #100yillik #xalqarosimpozium

🔸 Boris Borisovich Straumal, f.m.f.d., professor, Rossiya Fanlar Akademiyasi ilmiy markazi direktori:

- Simpozium tashkilotchilariga taklif uchun alohida minnatdorlik bildiraman. PSUYAITIni 100 yilligi bilan tabriklash bilan birga, uning bag‘rida ulg‘ayganimni alohida taʼkidlamoqchiman. Chunki otam ushbu institutda 60 yil davomida ish faoliyatini yuritgan. Uning hayot va kasb yo‘li haqida o‘zim tayyorlagan taqdimot orqali simpozium qatnashchilarini tanishtirib o‘tdim.
————
🔹 Борис Страумал, директор Научного центра РАН, Черноголовка (Россия):

- Благодарю организаторов симпозиума за приглашение и хочется искренние поздравить НИИССАВХ, на полях которого я практически вырос, благодаря деятельности моего отца, который проработал в этом институте 60 лет. О его жизненном пути и работе я и рассказал в своей презентации участникам симпозиума.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM