QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.2K photos
2.72K videos
7 files
9.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Zamon bilan hamnafas: talabalarning qiziqishi, intilish va ehtiyojlari o‘rganilmoqda

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati va turar joy binolarida talaba yoshlar uchun yaratilgan sharoit bilan yaqindan tanishish maqsadida universitetga tashrif buyurdi.

Aytish kerak, bugun, Toshkent davlat agrar universiteti bakalavriat yo‘nalishlari kunduzgi ta’lim shaklida 7180 nafar talaba-yoshlar tahsil olmoqda.

📌Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov universitet hududidagi 13-son talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishar ekan, u yerda talabalarga yaratilgan sharoit, muammo va takliflar bilan qiziqdi. Vazir o‘z navbatida talabalar tomonidan amalga oshiriladigan har bir loyihani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlarini ta’kidladi.

Maqsad yagona: talaba ilm olish bilan birgalikda o‘zidagi iste’dod va qobiliyatni shakllantirsin. Zamonaviy fikrlaydigan hamda yangilik yarata oladigan shaxs bo‘lsin. Tillarni bilishi, to‘garaklardagi ishtiroklari uning kelgusi faoliyati hamda oila muhitida aks etishi joiz. Shunda agrotarmoqning zamonaviy menejerlari zamonaviy qishloq xo‘jaligini aqlli yo‘nalishlarini vujudga kelishiga zamin yarata oladilar.

#vazir #agrar #turar_joy #talaba

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent davlat agrar universiteti talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

📝Tashrif davomida, universitetning iqtidorli talaba-yoshlari bilan suhbatlashish bilan bir qatorda, turar joy binosida talabalar uchun yaratilgan sharoit, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida qilingan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🏢Qolaversa, Toshkent davlat agrar universiteti hududida qurilish ishlari boshlab yuborilgan yangi talabalar turar joyi binosi bilan tanishdi.

#vazir #tashrif #agrar #turar_joy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM