QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.2K photos
2.72K videos
7 files
9.49K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AGRAR SOHA RAHBARIYATI JOYLARDA TADBIRKORLAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR O‘TKAZADILAR

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-sentyabrdagi 174-son buyrug‘iga binoan, hududlarda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va ularning muammolarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

Buyruqda belgilanishicha, ishchi guruhlar rahbarlari har oyda 2 marta bevosita joylarda tadbirkorlar bilan uchrashadilar, ular faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlab, tegishli takliflar ishlab chiqish va tadbirkorlarning individual masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etadilar, sayyor qabullar o‘tkazadilar.

#sayyor_qabul #oziq_ovqat_sohalarini_rivojlantirish #tadbirkorlar_muammolari #ishchi_guruh

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM