TIZIM TASHKILOTLARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ish yuritish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yo‘lga qo‘yishning joriy holatini o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan 8 ta ishchi guruhi joriy yilning 1-noyabridan boshlab joylarga yuborildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori 1-ilovasi 21-bandida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilangan.
O‘rganish davomida ishchi guruhlar tomonidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. O‘rganish natijalari tashkilot va muassasa rahbari bilan bevosita joyida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
#davlat_tili #ishchi_guruh #manaviy_marifiy_ishlar
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM