QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🗞Bugun #bu_qiziq ruknimizda yer tuzishning ahamiyati, bu boradagi bilimlar insonlarga mamlakat miqyosida ulkan natijalarga erishishiga qay darajada yordam berishi haqida hikoya qilamiz.

🇺🇸AQShning Janubiy Dakota shtatida joylashgan, mamlakatning asosiy turistik obyektlaridan biri sanaluvchi Rashmor tog‘i bunga yorqin misol bo‘la oladi. Granit tog‘ning bir tomonida AQSh tarixida muhim rol o‘ynagan to‘rt prezident monumenti ishlangan.

🔰Bu to‘rt prezident – Vashington, Jefferson, Ruzvelt va Linkoln qiyofasining tushirilgani o‘ziga xos sabablarga ega. Chunki ularning to‘rtalasi ham ish faoliyatining qaysidir davrida yer tuzish ishlari bilan shug‘ullangan, prezidentlik davrida esa AQSH mustahkamligi va taraqqiyoti yo‘lida muhim rol o‘ynagan shaxslar hisoblanadi.

Rashmor tog‘i monumenti haqida faktlar:
🟢18 metr balandlikdagi monument 15 yil davomida bunyod etilgan.
🟢Pandemiya davriga qadar ushbu turizm maskaniga yiliga 2,5 million inson tashrif buyurgan.
🟢Rashmor tog‘i ustida kechgan 15 yillik mehnat davomida 450 ming tonna granit ko‘chirib tushirilgan.
🟢Prezidentlar monumentini bunyod etish o‘ta qiyin sharoitlarda kechgan bo‘lsa-da, bironta ishchining hayoti qurbon etilmagan.

#Rashmor_togi #AQSH #yer_tuzish

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM