QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.59K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda

Har yili 5-dekabrda tuproq salomatligi va tuproq resurslarini barqaror boshqarishning muhimligiga e’tiborni jalb qilish maqsadida Butunjahon tuproq kuni nishonlanadi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Frankfurt mehmonxonasida Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan.

Respublika ilmiy-amaliy seminarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

U o‘z so‘zida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, tuproqlar muhofazasi, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish kabi masalalar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan samimiy qutladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilmoqdalar.

#tuproq_kuni #seminar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM