QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
KUZGI AGROTEXNIK TADBIRLAR BO‘YICHA TAVSIYALAR BERILDI

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan Toyloq tumanida navbatdagi amaliy-seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi va tuman hokimligining qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas'ullari, fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, ish yurituvchilari, aholi xonadonlari vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan kuz oylarida bajarilishi kerak bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, o'g'itlash, daraxtlarga tutqich belbog‘lar bog‘lash, ariq-zovurlar yoqalarini begona o‘t qoldiqlaridan va barg xazonlaridan tozalash, bog‘larda kuzgi kovlash (raskopka) ishlarini olib borish bo'yicha tavsiyalar berildi.

Daraxtlarga tutqich belbog‘larni to‘g‘ri bog‘lash, ularni nazorat qilish vaqtini hisobga olish va tutqich belbog‘lar yechilgandan keyin amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarayonlar batafsil tushuntirilib, ko‘rsatib berildi.

#agrotexnika #tadbirlar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM