QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.7K photos
2.7K videos
7 files
9.38K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🏆GINNESNING REKORDLAR KITOBIDAN JOY OLGAN DUNYODAGI UCHTA ENG YIRIK SABZAVOT

🟢Karam – 34 kg. Dunyodagi eng katta karamni Amerikaning Alyaska shtatida yashovchi oila yetishtirgan. Bu hudud sabzavotlar yetishtirish uchun unchalik bop bo‘lmasa ham, Evanslar oilasi buning uddasidan chiqdi. 1997-yilda jahondagi eng yirik bosh karam yetishtirildi va darhol Ginnesning rekordlar kitobiga tushdi. Uning vazni 34 kilogrammdan ziyodroq chiqdi.
Taqqoslash uchun: bu 8 yoshli bolaning o‘rtacha og‘irligidir. Shu paytgacha Evanslar rekordini takrorlashga hech kim muvaffaq bo‘la olmadi, alyaskalik mirishkorlar esa, muvaffaqiyat sirini oshkor etishmayapti.

🟠Qovoqcha (kabachok) – 54 kg. Piter Gleyzbrk sabzavotlar yetishtirish borasida bir qancha rekordlar muallifi sanaladi. Bu ingliz fermeri Ginnesning rekordlar kitobi talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng katta qovoqcha (kabachok) yetishtira olgan. Sabzavotning vazni 54 kilogramm, bo‘yi esa 67 santimetr bo‘lgan. Gigantni festivalga olib kelish uchun Piter o‘z tanishi – mashhur sportchi Jonatan Uokerdan yordam so‘raydi. Bugungi kungacha inglizning rekordini yangilay oladigan odam topilmadi.

🔴Bosh piyoz – 9 kg. Yana o‘sha angliyalik Piter Gleyzbrk dunyodagi eng katta piyozni 2015-yilda yetishtirdi. Piyozning kattaligi inson boshiga 2 baravar kelardi. Vazni esa, 9 kilogramm chiqdi. Bu g‘aroyibotni yetishtirishga atigi ikki yarim oy vaqt ketgan. Bu ingliz mirishkorining Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan uchinchi rekordi bo‘ldi.

Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.

#bu_qiziq #sabzavot #rekord

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

PIYOZ YETISHTIRISHDA YANGI REKORD‼️
HAR BIR GEKTARDAN 150 TONNAGACHA HOSIL OLINDI

Bugungi kunda dunyoda 4.5 million gektar maydonga piyoz ekilishi natijasida 92,1 million tonna mahsulot yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorlik esa, gektaridan 19,3 tonnani tashkil etmoqda.

🌍 Dunyo miqyosida piyoz yetishtirish bo‘yicha Xitoy 🇨🇳, Hindiston 🇮🇳, AQSh 🇺🇸, Eron 🇮🇷 davlatlari yetakchi o‘rinni egallaydi.

🇺🇿 O‘zbekistonda ham piyozni yangi serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlarimiz piyozdan yaxshi hosil olishmoqda.

Birgina, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi “Jilg‘alisoy shabadasi” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda tik quduq qazib, o‘z dalalariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish natijasida, fermer xo‘jaligi dalalarida o‘zi yetishtirgan mahalliy piyoz urug‘larini ekib, rekord darajada piyoz yetishtirishga erishdi. Hosil, har gektar maydondan 1️⃣5️⃣0️⃣ tonnani tashkil etib, bu borada yangi REKORD o‘rnatildi.

“Bu yilgi natija bilan to‘xtab qolish niyatimiz yo‘q, keyingi yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan birgalikda gektaridan 1️⃣6️⃣0️⃣ tonna hosil olishni reja qilganmiz. Xudo xohlasa, keyingi 3 yilda hosilni yanada ko‘paytirib gektaridan 2️⃣0️⃣0️⃣ tonnagacha hosil olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz” – deydi, o‘z yutug‘idan mamnun bo‘lgan fermer, Baxtiyor Mirzayev.

#piyoz #rekord

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM