QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
DENOV TUMANIDA G‘ALLA EKISH MAVSUMIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

🌱Surxondaryo
viloyati Denov tumanining “G‘alaba” hududidagi Denov oltin yerlari” fermer xo‘jaligi dalasida g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Tumanda 2024-yil hosili uchun 365 ta fermer xo‘jaliklarining jami 9 077 gektar, shundan 1 366 gektar ochiq maydonlarida, 7 711 gektar g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, tadbirni uyushqoqlik bilan olib borish uchun 15 ta otryad tashkil etilgan. Mavsum uchun sifatli va serhosil g‘alla navlaridan 2 269 tonna urug‘lik don, 1 815 tonna fosforli, 908 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar hamda 681 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari jamg‘arish rejalashtirilgan.

Seminarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha mas’ullari va tuman mutasaddilarining axborotini tingladi. G‘alla ekish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, don ekish otryadlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, texnikalarning shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

#Denov #galla #seminar #qishloqxojaligi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM