QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.59K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona nanotexnologiyalarga asoslangan kimyoviy vositalar ishlab chiqarmoqda

🔰 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning navbatdagi tashrif obyekti innovatsiya maskani bo‘ldi — Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Urgut EIH, “Sazog‘on” massivida qad rostlagan “Shelkovo agroxim O‘zbekiston” qo‘shma qorxonasi. Zavod o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha kimyoviy vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik quvvat bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. 30 million AQSH dollarlik sarmoya evaziga bu yerda nanotexnologiyalarga asoslangan preparatlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayapti. 2017-yilda tashlandiq, cho‘l hududida barpo etish boshlangan zavod, bugungi kunda 120 ta doimiy ish o‘rni yaratgan yirik majmuaga aylanib ulgurdi. Ishga tushirilgan 1-bosqichga ko‘ra bu yerda 15 ming tonnadan ziyod kimyo vositalari tayyorlanayotgan bo‘lsa, 2-bosqich ishlari yakunlangach bu yerda 50 ming tonna mahsulot tayyorlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

🌱 Uchrashuv chog‘ida Qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonov mutasaddilar bilan ayni kunlarda yerni shudgorlash ishlari jadal boshlangani, yerni kimyoviy vositalar yordamida ishlov berish ahamiyatidan kelib chiqib, zavod mahsulotlarini maqbul shartlarda fermerlarga yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Shu bilan birga bu yerda tayyorlanayotgan gerbitsid, fungitsid, insektoakaritsid va insektitsidlarga talab oshib borayotgani, mahalliy bozorga mazkur vositalarni yetarli miqdorda yetkazish masalalari ham muloqot asosini tashkil qildi.

Ayni kunda bu yerda 40 turdagi mahsulot tayyorlanib, buning uchun 3 ta asosiy va 1 ta yordamchi majmua, 11 ta reaktor hamda 1 ta yirik sig‘im faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlarni sintez qilish orqali esa mahalliy iqlimga mos va hudud bo‘yicha ajratilgan yer imkoniyatlariga to‘g‘ri keladigan preparat tayyorlash talabi qondirilmoqda.

#tashrif #nanotexnologiyalar #innovatsiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM