QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Oh Sung Jong, KOPIA O
zbekiston markazi direktori:

— O‘zbekiston markazi direktori"Koreya qishloq taraqqiyoti ma’muriyati (RDA) nomidan mamlakatingizni ushbu mazmunli Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - "Hosil bayrami" bilan tabriklayman! Qishloq xoʻjaligi milliy oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi va KOPIA markazi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solib kelmoqda. Xususan, ilg‘or aqlli fermalar shular jumlasidandir. Suvni tejaydigan qishloq xo‘jaligini yuritish kabi 4-sanoat inqilobi texnologiyalarini o‘zbek dehqonlariga yetkazish uchun barcha imkoniyatlarimizdan foydalanamiz. Xususan, O‘zbekistondagi ilg‘or tadqiqotchilar va KOPIA markazi doimo tadqiqot va texnologiyalarni birgalikda yetkazib berishga intiladi, deb o‘ylayman.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida fidoyilik bilan samarali mehnat qilib kelayotgan soha vakillari ko‘krak nishonlari va sovg‘alar bilan munosib taqdirlanishdi. Mukofotlarni Prezidentning Matbuot kotibi Sherzod Asadov, Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovlar topshirishdi.

Taqdirlanganlar "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi" , "Mehnatkash dehqon", "Namunali tomorqachi", ko‘krak nishoni va mukofotlariga sazovor bo‘lishdi.
*****
#День_работников_сельского_хозяйства #Праздник #11_декабря

На мероприятии представители отрасли, самоотверженно и эффективно проработавшие в сельском хозяйстве Республики Узбекистан, были награждены нагрудными знаками и подарками. Награды вручали пресс-секретарь Президента Шерзод Асадов, заместитель Премьер-министра Шухрат Ганиев и министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов.

Им были вручены такие нагрудные знаки и награды, как "Кишлок хужалиги фидойиси" ("За самоотверженный труд в сельском хозяйстве"), "Мехнаткаш дехкон" ("Трудолюбивый дехканин"), "Намунали томоркачи" ("Образцовый труженик приусадебного участка").

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Tadbirda 4 ta panel sessiyalar bo‘yicha agrar soha vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari va moliyaviy institutlarning samarali hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan 1-panel sessiyada Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev ishtirok etmoqda.

Shuningdek, davra suhbatida Moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Xaydarov, “Agrobank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Erkin Qahhorov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov va Germaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha Jamgarma kassalari fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matias Wangler o‘z ma'ruzalari bilan qatnashmoqda.

*****
#День_работников_сельского_хозяйства #Праздник #11_декабря

В рамках мероприятия проходят панельные сессии по четырем направлениям с участием представителей аграрного сектора.
В 1-ой панельной сессии, посвященной эффективному сотрудничеству сельхозпредприятий и финансовых институтов участвует заместитель министра сельского хозяйства Шухрат Мирзаев.

Кроме того, выступают заместитель министра финансов Ахадбек Хайдаров, заместитель председателя правления АКБ "Агробанк" Эркин Каххоров, Совет фермерских, дехканских хозяйств и владельцев приусадебных земель Узбекистана Актам Хаитов, глава узбекского представительства Немецкого Фонда сберегательных касс по международному сотрудничеству Матиас Ванглер и другие участники.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Yer va suv resurslari samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan Ikkinchi panel sessi
yada Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov ishtirok etmoqda. Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev, “Debyut” ishlab chiqarish korxonasi direktori Baxtiyor Shakirov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti direktori Ruhiddin To‘rayev o‘z nutqlari bilan qatnashmoqdalar.

“Hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va klasterlarning daromadlarini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning samarasi qishloq xo‘jaligi mavsumi sarhisob qilinayotgan shu kunlarda joriy yilda qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz va erishilgan marralarimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikada suv tanqisligini oldini olish va mavjud suvlardan samarali foydalanish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda”,
dedi o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov.

Tadbirda fermer va dehqonlar bilan jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Panel sessiyalarning uchinchi davra suhbati “Qishloq xo‘jaligidagi zamonaviy texnologiyalar masalalari” mavzusida bo‘lib o‘tmoqda. Uni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher To‘rayev boshqarmoqda .

Alisher To‘rayev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari:

— Aholini sifatli, xavfsiz va hamyonbop mahsulotlar va xomashyo bilan ta’minlash hamda eksportga yo‘naltirish — qishloq xo‘jaligi sohasining muhim roli mana shulardan iborat. Hozirda turli mamlakatlarga eksport qilish uchun sertifikatlanadigan mahsulotlar sifatini oshirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi oldida agrar sohani isloh qilish, jarayonlarni rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy ishlanmalari bo‘yicha olib borish, hamkorlik qilish, tajriba almashish vazifasi turibdi. Shubhasiz, tuproqning xavfsizligiga ham katta e’tibor qaratish kerak. Ha, qishloq xo‘jaligi sektori oldida katta va keng ko‘lamli vazifalar turibdi, lekin biz bu vazifalarni birgalikda albatta uddalaymiz, deb ishonaman,dedi Alisher To‘rayev.

Davra suhbatida qishloq xo‘jaligidagi yangi ishlanmalar bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasini joriy etish; hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda innovatsion yechimlar asosida yangi turdagi urug‘larni yaratish; agro oziq-ovqat tarmog‘ini raqamlashtirish va yagona qishloq xo‘jaligi platformasini ishga tushirish mavzulari muhokama qilindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi raisi o‘rinbosari Odil Alimov, "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DM direktori Aziz Muxitdinov, “Ask”dan Mark Xolderneslar ishtirok etib, ma’ruzalari bilan birgalikda ishtirok etib, qatnashchilarning savollariga javob bermoqdalar.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

👨‍🌾Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida mamlakatimizning turli hududlaridan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining stendlari namoyish etilmoqda. Ijodiy jamoalar do‘stona bayram muhitini yaratyapti.

*****
#День_работников_сельского_хозяйства #Праздник #11_декабря

👩‍🌾На празднике в честь Дня работников сельского хозяйства представлены стенды сельхозпроизводителей из разных регионов страны. Творческие коллективы создают дружественную атмосферу праздника.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Yakuniy to‘rtinchi panel sessiya "Оziq-ovqat sanoatida yuqori qiymat zanjirini yaratish tendensiyalari" masalalariga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Alisher Shukurov boshlovchilik qilmoqda.

Davra suhbatida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash hajmlarini oshirish va agrologistika infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, eksport qilish va karantini masalalari muhokama qilinmoqda. Xalqaro standartlardan foydalanish imkoniyatlari haqida ma’ruzalar tinglanmoqda.

Unda Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vahabov, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori Ibrohim Ergashev, Atyab interneyshnal servis" (Ummon) kompaniyasining vakili Sayyid Muhsin, Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov ishtirok etishmoqda va qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishmoqda.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Tadbir davom etmoqda. Ko‘rgazma mehmonlari bayramona kayfiyatda ishtirok etmoqdalar. Raqs guruhlari, san’atkorlar va qo‘shiqchilar barcha ishtirokchilar va mehmonlar uchun chiqishlar qilyapti.

*****
#День_работников_сельского_хозяйства #Праздник #11_декабря

Действие продолжается. Гости выставки вовлечены в атмосферу праздника. Танцевальные коллективы, артисты и певцы проводят представления для всех участников и гостей.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida
“O‘zekspomarkaz”ning ikkita pavilyoni ishladi. Birinchi pavilyonda viloyatlarimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aks ettirilgan stendlar namoyish etildi.

Ushbu texnika va asbob-uskunalar ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining tuproqning kimyoviy tahlillarini o‘rganadigan “Tuproq mobil laboratoriyasi”, “O‘zdavyerloyiha” DILI jamoasining uchuvchisiz qurilmalari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi “Agro Tech” kompaniyasining 20 dan ortiqtexnika va ehtiyot qismlari, “O‘ZAGROLIZNG” AJ ning yerga urug‘ni ekish texnikalari, “SN INVEST” tashkiloti ekskvator-yuk ortadigan traktor va buldozerlari, “TURON AGRO GROUP” kompaniyasi texnikalari, “EKO DRIP” hamda Avstriya davlatining “BAUER” kompaniyalari issiqxona va ekin maydonlarini tomchilatib sug‘orish texnologiyalari namoyishi o‘rin olgan.

*****
#День_работников_сельского_хозяйства #Праздник #11_декабря

На празднике, посвященном Дню работников сельского хозяйства работали два павильона Узэкспоцентра. В первом павильоне были представлены стенды с сельхозпродукцией из областей нашей страны.

Во втором павильоне техника и оборудование: «Почвенная мобильная лаборатория» изучения анализа совместимости почв Института почвоведения и агрохимических выставок при Министерстве сельского хозяйства Узбекистана, беспилотная техника группы DILI «Уздавьерлойиха», УЗ карантина растений. и охранное агентство "Агро Тех" более 20 единиц техники и запасных частей, семеноводческая техника АО "УЗАГРОЛИЗНГ", экскаваторы-погрузчики и бульдозеры организации "СН ИНВЕСТ", компании "ТУРОН АГРО ГРУП", "ЭКО ДРИП" и Компании «BAUER» продемонстрировали технологии капельного орошения теплиц и обрабатываемых полей.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR — 2022-YIL
11-DEKABR

👨‍🌾2022-yil 11-dekabr kuni “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

👩‍🌾Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, agrar va oziq-ovqat masalalari bo‘yicha kompleks rahbari Shuhrat G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, “O‘zbekiston-KOPIA” markazi (Koreya Respublikasi) professori Oh Sung Jong, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi rahbarlari, mutaxassislari, fermerlar, dehqonlar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM