QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AXBOROT TIZIMLARINI JORIY ETISH BO'YICHA AGRAR SOHA VAKILLARI UCHUN SEMINARLAR

💻Sirdaryo viloyatida “Agrosubsidiya” axborot tizimi – qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish, Geoaxborot tizimi – qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, holatini o‘rganish va monitoring qilish, “E-ijara” – qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tizimlarini hududlarda joriy etish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.

#raqamlashtirish #Qishloq_xojaligi #agrosubsidiya #geoaxborot #e_ijara #seminar
*****
СЕМИНАРЫ ДЛЯ АГРАРИЕВ ПО ВНЕДРЕНИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ СИСТЕМ

💻В Сырдарьинской области прошёл обучающий семинар по информационным системам, который провело Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан.

В семинаре приняли участие областные и районные администрации, представители организаций, фермерских хозяйств и кластеров.

#цифровизация #сельское_хозяйство #агросубсидия #семинар

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGINI RAQAMLASHTIRISH YURTDOSHLARIMIZGA NIMA BERADI?

💻Mazkur axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha yurtdoshlarimizning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida hududlarda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. 2023 yil 30 yanvardan 28 fevralga qadar respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladigan o‘quv seminarlari mavjud axborot tizimlaridan foydalanuvchi klaster, fermer, dehqon, davlat idoralari bo‘linmalari hamda qiziqishi mavjud yurtdoshlarimiz uchun tashkil etilmoqda.

#raqamlashtirish #Qishloq_xojaligi #agrosubsidiya #geoaxborot #e_ijara #seminar
*
****
В ЧЕМ ПОЛЬЗА ЦИФРОВИЗАЦИИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА?

💻С 30 января по 28 февраля 2023 года в Республике Каракалпакстан и в областях проходят образовательные семинары для пользователей информационных систем, направленных на ускоренную цифровизацию сельскохозяйственной сферы. В их числе сотрудники профильных государственных ведомств, фермеры, дехкане и другие заинтересованные лица.

#цифровизация #сельское_хозяйство #агросубсидия #семинар

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BUZILGAN YERLARNI REKULTIVATSIYA QILISH, TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

📌2023-yil 29-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Ushbu qarorga muvofiq, endilikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, infratuzilma obyektlarining muhofaza hududlarini belgilash loyihalarini ishlab chiqish va loyihani joyiga ko‘chirish davrida mualliflik nazorati “O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yer fondining barcha toifalaridagi qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, jumladan buzilgan va rekultivatsiya qilingan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimida yurtilishini 2023-yil 1-avgustga qadar ta’minlash belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi. Ushbu nizom yerlarni rekultivatsiya qilish, yerlarning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash, rekultivatsiya qilingan yerlarni qabul qilish-topshirish va boshqa chora-tadbirlar tartiblarini belgilab beradi.

#tuproq #rekultivatsiya #Ozdaverloyiha #geoaxborot

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JANUBIY KOREYA QISHLOQ XO‘JALIGINI DRONLAR BILAN TA'MINLASH NIYATIDA

🕹Toshkentda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari hamda Janubiy Koreyaning KOTRA agentligi vakillari o‘rtasida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish istagida bo‘lgan koreyalik yetakchi korxonalarning uchuvchisiz parvoz apparatlari taqdim etildi.

Jumladan Janubiy Koreyaning “Geospatial Information”, “HUINS”, “PRENEU”, “Samsung drone”, “Meissa” va “SEESAW D&U” kompaniyalari ishlab chiqargan va aynan qishloq xo‘jaligida qo‘llash mumkin bo‘lgan dronlar – uchuvchisiz parvoz apparatlari (UPA) bilan o‘zbekistonlik mutaxassislar tanishtirildi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #uchuvchisiz_parvoz_apparatlari #Geoaxborot #O‘zdaverloyiha #O'zbekiston #Janubiy_Koreya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
HUDUDLAR O‘Z GEOPORTALLARIGA EGA BO‘LDI

💻Joriy yilning 23-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tegishli tizim tashkilotlari uchun hududlarga maxsus ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi geoportallaridan foydalanish mavzusida seminar o‘tkazildi.

Geoportallar – fazoviy maʼlumotlar resurslarini vizual ko‘rish va foydalanish uchun eng qulay servis hisoblandi.

Geoportalda hududlardagi yerdan foydalanuvchilar, yer chegaralari, konturlar va ekinlariga oid, tuproq, 8 ta asosiy ekinlar monitoringi, shu jumladan, kosmik suratlarning tahlillari bo‘yicha ekinlar vegetatsiyasi, tuproq va o‘simlik namligi, o‘simlikdagi azot miqdori to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashtirilgan.
*****
РЕГИОНЫ ПОЛУЧИЛИ В АРСЕНАЛ СОБСТВЕННЫЕ ГЕОПОРТАЛЫ

💻23 июня этого года для Министерства сельского хозяйства Республики Каракалпакстан, областных управлений, профильных системных организаций был проведен семинар по использованию специально разработанных для регионов геопорталов.

Геопорталы являются наиболее удобным сервисом для визуального просмотра и использования ресурсов пространственных данных.

На геопортале размещена информация о землепользоватеях в регионах, обозначены границы, контуры и посевные площади, внесены данные о почве, мониторинге 8 основных сельскохозяйственных культур, в том числе о вегетации посевов, влажности почвы и растений, о содержании азота в растениях на основе анализа данных космических снимков.

#geoaxborot_tizimi #integratsiya #geografik_axborot_tizimlari #agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Ozdavyerloyiha #sifat_tahlil_markazi #геопорталы #Центр_цифровизации_агропромышленности #Уздаверлойиха

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“AGROPLATFORMA” AXBOROT TIZIMI JORIY ETILADI

💻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–257-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

Bunda mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

2023-yil yakunigacha:
🟢Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;
🟢qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.

#agroplatforma #raqamli_qishloq_xojaligi #geoaxborot_texnologiyalari #CropAgro

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADA “O‘ZBEKKOSMOS” AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🤝Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Shuxrat Kadirov boshchiligidagi agentlik vakillari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasidagi tajriba, katta hajmdagi maydonlarga ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlov berish bo‘yicha platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.

Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan suv manbasidan ekin joylashgan konturgacha bo‘lgan sug‘orish ishlarini monitoring qilish, ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini va sug‘orish samaradorligini baholash bo‘yicha loyihaning joriy holati ko‘rib chiqildi.

#uchrashuv #hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekkosmos #geoaxborot_texnologiyalari #raqamlashtirish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM