QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON DUNYODAGI ENG KATTA QISHLOQ XO‘JALIK KO‘RGAZMASIDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETMOQDA

🔰240 kvadrat metr maydonga ega O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorlarning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda. Jumladan: 227 turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari – barra va quritilgan meva-sabzavotlar, qayta ishlangan sut va goʻsht, salqin ichimliklar, qandolat, un mahsulotlari va boshqalar.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Niderlandiya, Kanada, Gruziya, Polsha, Moʻgʻuliston, Latviya, Germaniya va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirlari bilan qizgʻin uchrashuvlar oʻtkazdi. Shu bilan birga, Jahon banki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya #Niderlandiya #Kanada #Gruziya #Polsha #Latviya #Qozogiston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov "Green week 2023"doirasida Germaniyaning Berlin shahrida Niderlandiya qishloq xo‘jaligi, tabiat va oziq-ovqat sifati vaziri Pete Adema bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟠Ikki davlat biznes va fan yo‘jnalishidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

🟠Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish;

🟠Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;

🟠COVID-19 pandemiyasi davrida to‘xtatilgan biznes missiyalarini tiklash.

Tomonlar hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qildilar. Umumiy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilindi. Ishchi guruh kelishuvlarni kuzatib boradi va tashkiliy masalalarni hal qiladi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Niderlandiya
*****
🤝В Берлине, Германия, в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с Министром сельского хозяйства, природы и качества продовольствия Нидерландов Питом Адемой.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟠Налаживание сотрудничества в сфере бизнеса,
науки и государства двух стран;

🟠Развитие тепличного хозяйства;

🟠Внедрение водосберегающих технологий;

🟠Возобновление бизнес-миссий, приостановленных на время пандемии COVID-19.

Стороны обсудили обширную повестку сотрудничества. Было решено создать совместную рабочую группу по реализации общих инициатив. Рабочая группа будет вести мониторинг договорённостей и решать организационные вопросы.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Нидерланды

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON – NIDERLANDIYA: AGRAR SOHADAGI ISTIQBOLLI HAMKORLIK

🤝Bugun O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Niderlandiya Qirolligining Markaziy Osiyodagi Favqulodda va muxtor elchisi Andre Karstens boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #Ozbekiston #Niderlandiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEVA YETISHTIRISHDA NIDERLANDIYA TAJRIBASI: “OLTIN UCHBURCHAK” MODELI

👥2023-yil 16-mart kuni Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida (IAU) “Meva yetishtirish: biznes va suv resurslarini boshqarish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #seminar #IAU #Ozbekiston #Niderlandiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NIDERLANDIYA BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI
🇺🇿🤝🇳🇱
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Niderlandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Andre Karstens bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Niderlandiya elchisi uning mamlakati O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi sohasidagi aloqalarni kengaytirish niyatida ekanligini bildirdi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini mintaqadagi eng jo‘shqin taraqqiy etayotgan, ishonchli bozor deya ta'rifladi va Niderlandiya qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini izhor qildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ikki mamlakat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlik aloqalari keyingi yillarda jadal rivojlanayotganligini qayd etib, munosabatlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligini ta'kidladi.

Elchi niderlandiyalik biznes doiralari O‘zbekiston agrar sohasiga katta qiziqish bildirishlari, jumladan bog‘dorchilik, suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnika va texnologiyalar borasida hamkorlik niyatida ekanliklarini yetkazdi.
*****
ОБСУЖДЕНЫ ПЕРСПЕКТИВЫ СОТРУДНИЧЕСТВА С НИДЕРЛАНДАМИ
🇺🇿
🤝🇳🇱
Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов провел встречу с Чрезвычайным и Полномочным Послом Нидерландов в Узбекистане Андре Карстенсом.

На встрече руководитель дипломатического представительства в нашей стране заявил, что его страна намерена расширять спектр сотрудничества в агропромышленном комплексе с Узбекистаном.

Особое внимание уделялось выращиванию не только традиционных, но и других видов сельскохозяйственных культур, включая создание теплиц, специализирующихся на цветоводстве.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #qishloq_xojaligi #issiqxonalar_faoliyati #Ozbekiston #Niderlandiya #FAO #международное_сотрудничество #министр #теплицы #Узбекистан #Нидерланды #ФАО

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON – NIDERLANDIYA: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Nazarov va vazirlik mutasaddilari Niderlandiya qishloq xo‘jaligi, tabiat va oziq-ovqat sifati vazirligi bosh kotibi Yan Kes Xut boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda ikki davlat qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, mavjud kelishuvlar va agrosanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbirda sohaga yangi innovatsion ishlanmalar va qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklifi o‘rtaga tashlandi. Bu borada dastlab, O‘zbekistonda aynan bu yo‘nalish bo‘yicha ta'lim tizimini rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlarida Niderlandiyaning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sifati bo‘yicha sho‘balarini tashkil etish taklif etildi.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ushbu taklifni amalga oshirish uchun yurtimizda aynan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bir nechta oliy o‘quv yurtlari mavjudligi, qolaversa 2022-yildan vazirlik huzurida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti faoliyat olib borayotganligi va bu takliflarni aynan mana shu oliy o‘quv yurtlarida yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida so‘z yuritishdi.

Bundan tashqari tomonlar ikki davlat savdo aylanmasi haqida to‘xtalar ekan, 2022-yilda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari tovar aylanmasi 55,7 million dollarni tashkil etib, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2,5 million dollarga teng bo‘lganini e’tirof etishdi. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.

#Niderlandiya #uchrashuv #istiqbollar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM