QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
😄 O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida "Ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali uzoq muddatga ijaraga berilmoqda" sarlavhali maqola chop etildi.

Maqolada keltirilishicha, Toshkent viloyati bo‘yicha 9 ming 88 gektar yer maydonini dehqon xo‘jaliklari uchun ajratish rejalashtirilgan. Ushbu yerlar 22 mingta lotga bo‘linib, auksionga chiqarilgan bo‘lsa, bugunga qadar 19 ming 400 nafar fuqaroga yer ajratib berilgani bayon etilgan.

Shuningdek, bugungi kunda ajratilgan maydonlarda urug‘ qadash ishlari amalga oshirilayotgani, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashabbusi bilan hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda lozim bo‘ladigan zamonaviy mini-agrotexnikalar imtiyozli kredit shartlari asosida yetkazib berilayotgani keltirilgan.

📝Maqolani to‘liq bu yerda o‘qishingiz mumkin.

#repost #UzA #qishloq_xojaligi #dehqon_xojaliklari #elektron_tanlov

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐄Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun bo‘sh yer maydonlari qanday qilib ochiq elektron tanlovlarga chiqariladi?

📝Kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan ma’qullangandan so‘ng, tuman (shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish choralarini ko‘radi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #chorvachilik #elektron_tanlov

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊Qishloq xo‘jaligi vazirligi yetishtirilgan mahsulotlar hajmini joylardagi statistika qo‘mitalaridan oladimi?

2021-yil 11-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi (avvalgi Davlat statistika qo‘mitasi) rasmiy statistika sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #chorvachilik #elektron_tanlov

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👥Auksionga qo‘yilgan yerni nechta kishi yutgan va nechta lot qolganligini qayerdan bilsam bo‘ladi?

Dehqon xo‘jaligini yuritishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovlar orqali ijaraga olishda qulaylik bo‘lishi uchun “E-IJARA” axborot tizimining ochiq foydalanish uchun mo‘ljallangan qismi ishga tushirilgan.

💻Chat-bot orqali kelgan mazkur savolga to‘liq javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #chorvachilik #elektron_tanlov

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM