QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Investitsiya

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga “Caspian Energy Club”ga aʼzo kompaniyalar rahbarlaridan iborat Telman Aliyev boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurishdi. Ular vazirlikning Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, Marketing, Investitsiyalar va xalqaro hamkorlik, To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hamda Xalqaro moliya institutlari loyihalari va grantlarni muvofiqlashtirish boshqarmalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Taʼkidlash joiz, “Caspian Energy Club” dunyoning 5 mamlakatidan 50 mungdan ortiq kompaniyalarni burlashtiruvchi jadal rivojlanayotgan yirik mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Kompaniya 2002-yil iyun oyida “Caspian Energy Club” va yirik neft-gaz kompaniyalari ko‘magida tashkil etilgan.

Uchrashuv chog‘ida “Caspian Energy Club”ga aʼzo kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonning agrar sohasiga investitsiya kiritish masalalari muhokama etildi. Jumladan, sovutkichli omborxonalar qurish va quritilgan mevalarni tayyorlash yo‘nalishlariga qiziqish bildirishdi. Shuningdek, mamlakatimizdagi yirik go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilish tashabbusi bilan chiqishdi. Bundan tashqari, respublikamizda yer ajratish tizimi, bu borada belgilangan tartib mehmonlarning eʼtiborida bo‘ldi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
UZUMCHILIK VA VINOCHILIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI: SAMARADORLIK VA KELGUSIDAGI REJALAR

🍇Joriy yilning 4-yanvar kuni Qishloq xoʻjaligi vazirligida uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish masalalalari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🍷Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar (koʻchatchilik, kadrlar masalasi, kredit, eksport va investitsiya) va ularning yechimi boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

👉Batafsil

#vazir #uchrashuv #muhokama #uzumchilik #vinochilik #kochatchilik #eksport #investitsiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Bugungi kungacha paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sohaga 5 milliard 300 million dollar investitsiya kiritilgan, ularga 3 milliard dollar imtiyozli kreditlar ajratilgan. Klasterlar tomonidan 4 milliard dollarlik 265 ta loyiha ishga tushirilib, 300 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Natijada, paxta hosildorligi 30 foizga oshib, 26 sentnerdan 34 sentnerga yetdi.

Joriy yida qishloq xo‘jaligida, jumladan, 400 million dollarlik 600 ta loyiha ishga tushirilishi, qo‘shimcha 185 ming tonna saqlash va qayta ishlash quvvatlari hamda 33 ta tumanda agroxizmat markazlari tashkil etilishi aytildi.

Mutasaddilarga klaster va fermerlar o‘rtasidagi shartnomalarni tartibga solish hamda hisob-kitoblarni joyiga qo‘yish, paxta va g‘alla yetishtirishni muvofiqlashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun fermer xo‘jaliklariga hisoblangan penyalar, istisno tariqasida, hisobdan chiqarilishi belgilandi.

Shuningdek, yurtimizda oziq-ovqat sanoatida oliy va o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga ehtiyoj katta. Shuning uchun xorijiy davlatlar tajribasi asosida bu sohada yangi institut tashkil etish taklifi ma’qullandi.

👉Batafsil

#Prezident #yigilish #qishloq_xojaligi #klaster #investitsiya #fermer #paxta #galla #oziq_ovqat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
OZIQ-OVQAT SANOATIGA KIRITILGAN INVESTITSIYALAR HAJMI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT BORMI?

📈2022-yilda oziq-ovqat sanoatida 2,1 trln so‘mlik 337 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi.

Chat-bot orqali kelgan quyidagi savolga javobni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#savol_javob #chat_bot #oziq_ovqat #investitsiya #loyiha

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI INFRATUZILMASI LOYIHALARINI INVESTITSIYALASH

🤝Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) investitsiya operatsiyalari bo‘yicha vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #vazir #infratuzilma #investitsiya
*****
ИНВЕСТИРОВАНИЕ ИНФРАСТРУКТУРНЫХ ПРОЕКТОВ В ОБЛАСТИ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🤝Сегодня состоялась встреча министра сельского хозяйства Азиза Воитова с вице-президентом по инвестиционным операциям Азиатского банка инфраструктурных инвестиций (АБИИ) Константином Лимитовским.

#международное_сотрудничество #встреча #министр #инвестиции #инфраструктура

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanalida Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida "Qishloq xo‘jaligi uchun sifatli investitsiyalar" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tgani haqida xabar berildi.

Unda zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish taqozo etilayotgani, shu bois mamlakatlar ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va kadrlar tayyorlashga katta miqdorda investitsiya jalb etayotgani, mazkur sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloqda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #qishloq_xojaligi #investitsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAUDIYA ARABISTONI BILAN AGROSOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🤝Aprel oyi oxirida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Umid Mamadaminovning Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri o‘rinbosari vaziri o‘rinbosari Muhammad al-Husan bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar agrosektordagi, jumladan urug‘chilik, quruq mevalar eksporti, o‘g‘itlar ishlab chiqarish sohalaridagi kelgusi aloqalar istiqbolini muhokama qildilar.

#xalqaro_hamkorlik #uchrashuv #qishloq_xojaligi #investitsiya #Ozbekiston #Saudiya_Arabistoni
*****
ПЕРСПЕКТИВЫ СОТРУДНИЧЕСТВА С САУДОВСКОЙ АРАВИЕЙ В АГРОСФЕРЕ

🤝В конце апреля состоялась встреча заместителя министра сельского хозяйства Узбекистана Умида Мамадаминова с заместителем министра инвестиций Саудовской Аравии Мохаммедом ал-Хусаном, на которой стороны обсудили перспективы дальнейшего взаимодействия в агросекторе, в том числе семеноводства, экспорта сухофруктов, производства удобрений.

#международное_сотрудничество #встреча #сельское_хозяйство #инвестиции #Узбекистан #Саудовская_Аравия

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SUV XO‘JALIGIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNI KENGAYTIRISH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

💧Samarqand viloyatida suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda bu sohada davlat-xususiy sheriklikning istiqbollariga bag‘ishlangan respublika miqyosidagi ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Samarqand viloyati Narpay tumanida 53 km kanal va 271,9 km kollektor tarmog‘i hamda 8 ta nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 10 yil muddatga “Maroqand Sifat” MChJ boshqaruviga berilgan. Loyihaning umumiy qiymati 462,8 mlrd so‘m bo‘lib, dastlabki yillarda xususiy sherik tomonidan 31,1 mlrd so‘m investitsiya kiritish belgilangan.

Sheriklik o‘z samarasini bermoqda – hozirga qadar yettita nasos stansiyasida jami summasi 795,5 mln so‘mga teng 7 ta nasos agregati ta'mirlandi hamda 4 880 mln so‘mga 2 ta gusenitsali ekskavator, 2 ta avtosamasval sotib olindi.

#seminar #suv_xojaligi #kollektor #nasos_agregati #investitsiya #Samarqand

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Xo‘jalik yurtishning yangi mexanizmi – klaster va kooperatsiyalar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi va ularda “amaliyot-ilm-innovatsiya” tizimi uyg‘unlashdi. Bugungi kunda 833 ta agroklasterlar va 200 dan ortiq kooperativlar faoliyati samarali yo‘lga qo‘yildi.

Paxtachilik klasterlariga jami 5,3 mlrd dollar, shundan qishloq xo‘jaligiga 1,2 mlrd dollar investitsiyalar kiritildi.

Innovatsiyalar va zamonaviy texnikalar joriy qilish hisobiga hosildorlik 29 sentnerdan 2022-yilda 34 sentnerga oshdi. Paxta yetishtirishda majburiy va bolalar mehnatiga barham berildi, BCI sertifikatlash tizimi joriy qilinmoqda.

Paxta xom ashyosi 100 foiz chuqur qayta ishlanmoqda, Cotton Campaign tashkiloti boykotni bekor qildi (2022-yil mart).

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #agroklasterlar #investitsiya #kooperativlar_faoliyati

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish
va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishda xalqaro hamkorlarimiz va XMIlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz.

Paxta va g‘allada to‘liq bozor mexanizmiga o‘tildi, narxlar erkinlashib, jahon va mintaqaviy bozorlarga moslashdi.

Fermer va dehqonlarga yer ajratishda mahalliy hokimliklar ishtiroki bekor qilinib, shaffof onlayn tizimga o‘tildi.

Tadbirkorlar loyihalari uchun XMIlardan 2,5 mlrd dollar investitsiya jalb qilinib, jami 1,3 mlrd dollarli, shundan meva-sabzavotchilikda 1,1 mlrd dollar, chorvachilikda 270 mln dollar va boshqa yo‘nalishlarda 11,9 mln dollar qiymatidagi 4 mingta loyiha ishga tushdi.

2026-yilgacha Agrar va oziq-ovqat sohasiga har yili 1 mlrd dollar investitsiya jalb qilinadi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #investitsiya #xalqaro_hamkorlik

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimini rivojlantirishda agrar va oziq-ovqat sohasini boshqarishda QXV yagona siyosat yuritishga o‘tdi.

2 ta qo‘mita, 1 agroinspeksiya
va 2 ta agentlik vazirlik bo‘ysuniviga o‘tkazildi. Ularning faoliyati qishloq xo‘jaligi strategiyasidagi vazifalarga muvofiqlashtirildi.

2023-2024-yillarda vazirlik tizimidagi idoralarni funksional baholash asosida Oziq-ovqat xavfsizligini muvofiqlashtirish tizimi joriy qilinadi.

#xalqaro_konferensiya #vazir #oziq_ovqat_xavfsizligi #agroklasterlar #investitsiya #kooperativlar_faoliyati

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Biroz avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan "Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish" mavzusidagi xalqaro davra suhbati davom etmoqda.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashib, mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirdi:

"Hammamizga maʼlumki, bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan qurg‘oqchilik, cho‘llanish va degradatsiya masalalaridir. Avvalgi tadbirlarimiz yaylovlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangandi. Bugun esa mavzuni kengaytirib, yer islohotlarini ham qo‘shdik. Yaʼni yerga bo‘lgan huquq va uni kuchaytirish orqali tadbirkorlarimiz hamda yer egalarining mulkiga bo‘lgan investitsiyani ko‘paytirish va bu orqali yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha ishlarni muhokama qilish uchun ushbu davrada yig‘ildik. Shu o‘rinda bir masalani aytib o‘tish kerakki, respublikamizning qariyb 60 foizini qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etadi. Shundan 21 mln gektari bu tabiiy yaylovlardan iborat va ularda chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etadi, ulardan ozuqa bazasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi davra suhbatida juda ko‘p olimlarimiz mavzu dorasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, muammoga birgalikda yechim topishga harakat qilamiz".

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #investitsiya #yerlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #videoselektor #investitsiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda yil boshida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni o‘zlashtirish vazifalarining ijrosi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha vazirlik va tarmoq kompaniyalardagi ahvol ham yaxshi emasligi qayd etildi.

Investitsiya olib kelish u yoqda tursin, ayrim rahbarlar mablag‘i ancha avval kelgan loyihalarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani qattiq tanqid qilindi.

Yig‘ilishda investitsiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyihani tezlashtirish va 12,1 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi.

Jumladan, davlat investitsiya dasturi doirasida 11,5 milliard dollarlik 272 ta yirik loyihani muddatidan oldin foydalanishga topshirish bo‘yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi.

Bunda har bir loyihaga biriktirilgan vazir, vazir o‘rinbosarlari, bank rahbarlari mas’ul va javobgar bo‘ladi. Umuman, hududlardagi 89 ta yirik loyihani muddatidan oldin ishga tushirish uchun infratuzilma masalasi hal qilib beriladi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3193
#Prezident #videoselektor #investitsiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektr yig‘ilishida yangi loyihalar hisobidan qo‘shimcha 3 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, so‘nggi ikki yilda Saudiya Arabistoni, Fransiya, Vengriya, Singapur, Misr, Germaniya, Xitoy, Italiya, Qatar va boshqa davlatlar bilan o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlarda juda katta kelishuvlarga erishildi.

Investitsiya jalb qilish bo‘yicha Vengriya, Pokiston, Tailand, Chexiya va Yaponiya bilan hamkorlikda ijobiy o‘zgarishlar borligi ta’kidlandi. Ushbu davlatlardan o‘tgan yili bor yo‘g‘i 40 million dollar investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 450 million dollarga ko‘paydi.

Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlari tomonidan shakllantirilgan investitsiya loyihalari ularning salohiyati va imkoniyatlariga mos emasligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev investitsiyalar sohasida ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Sanoat korxonalarini tezroq ishga tushirish uchun Hukumat komissiyasining vakolatlari kengaytiriladi.

“Takror aytaman. Agar bu ishlarni hozirdan to‘g‘ri tashkil qilsak, iqtisodiyotimizda keskin o‘sish bo‘ladi, ish o‘rinlari va aholi daromadlari ko‘payadi”, dedi davlatimiz rahbari.

Ayni paytda vazirlar, hokimlar, tarmoq va bank rahbarlari elchilar hamda Hukumat komissiyasi oldida turgan vazifalar belgilab berilmoqda, mutasaddilarning axboroti tinglanmoqda.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3196