QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#backstage #sugurta

🎥 O‘zbekiston telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda "Xulosa o‘zingizdan" tok-shousi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rsatuv agrosug‘urta masalalariga bag‘ishlandi.

🔰 Tok-shouda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Otajon Toshpo‘latov, Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Islom Qosimov, Meva – sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Qirg‘izboyev, shuningdek, “O‘zagrosug‘urta” AJ ekspertlari Abdurashid Vahobov va Begzod Sodiqovlar ishtirok etishdi.

👥 Mutaxassislar tomonidan agrar sohada sug‘urtalashning dolzarbligi nimada, qishloq xo‘jaligida sug‘urtalashning huquqiy asoslari, xalqaro sug‘urta brendlari O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyormi kabi savollarga batafsil javob berildi.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmonlar hozirgi davrda iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasiga bo‘lgan talabni oshirayotganligini taʼkidlab, Turkiyada amalda bo‘lgan “O‘simliklar sug‘urtasi”, “Suv manbalari”, “Chorvachilik” va “Asalarichilikka” oid sug‘urtalar to‘g‘risida maʼlumotlarni taqdim etishdi.

#xalqaro_hamkorlik #Ozbekiston #Turkiya #qishloq_xojaligi #ormon_xojaligi #chorvachilik #asalarichilik #sugurta
*****

СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ТУРЦИИ ПО НАПРАВЛЕНИЯМ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🤝В Министерстве сельского хозяйства РУ прошла встреча с представителями Министерства сельского и лесного хозяйства Турции.

На мероприятии гости подчеркнули, что изменение климата увеличивает спрос на «сельскохозяйственное страхование» и представили информацию о «страховании урожая»,«водных ресурсов», «животноводства» и «пчеловодства» в Турции.

#международное_сотрудничество #Узбекистан #Турция #сельское_хозяйство #лесное_хозяйство #животноводство #пчеловодство #страхование

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALGIGI SUG‘URTASI BORASIDA HAMKORLIKKA KELISHIB OLINDI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Turkiyaning “TARSIM” qishloq xo‘jaligi sug‘urta puli va “Semurg Insurance” kompaniyasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

2006-yildan buyon sug‘urta bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan Turkiya qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi puli (TARSIM) agrosanoat xatarlarini sug‘urtalash sohasida davlat, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik modelini yaratish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. “Semurg Insurance” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi muhim xususiy sug‘urta kompaniyalaridan biri sifatida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha strategik qadamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi xatarlarni samarali sug‘urta qilish tizimini yaratish maqsadida kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xalqaro tajriba almashishga kelishib oldilar.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #sugurta #uchrashuv

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM