QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sholi #hosil

🌾 2022-yilda respublika aholisini guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini ichki ishlab chiqarish hisobiga qoplash uchun jami 111,2 ming gektarda sholi parvarishlanmoqda. Shundan asosiy maydonlarda 40,3 ming gektar va takroriy ekin sifatida 70,9 ming gektar ekilgan.

🚜 Sholi ekishga mo‘ljallangan umumiy maydonning 25,2 ming gektari lazerli tekislandi, 38,2 ming gektar maydonga ko‘chat usulida va 15,3 ming gektarga zamonaviy seyalkalar bilan sholi urug‘i qadaldi.

👉 Batafsil
————
#рис #урожай

🌾 В 2022 году в целях обеспечения потребности населения республики в рисе в общей сложности 111,2 тыс. га земель засеяны этой культурой. Из них 40,3 тыс. га основные площади и 70,9 тыс. га повторные.

🚜 25,2 тыс. га земель от общей площади, предназначенной для посева риса, выровнены лазерами, 38,2 тыс. га засеяны рассадным методом, а 15,3 тыс. га засеяны современными сеялками.

👉 Подробнее

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#sholi #kutilayongan_hosil

🌾 2022-yilda aholining guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini ichki ishlab chiqarish hisobiga qoplash maqsadida respublika miqyosida 111,5 ming gektarda sholi ekilib, parvarishlanmoqda. Shundan 40,3 ming gektari asosiy maydonlarda joylashtirilgan va 71,2 ming gektari takroriy ekin sifatida yetishtirilmoqda.

🚜 So‘nggi yillarda sholichilikda resurs va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Birgina 2022-yilda respublikada 25,2 ming gektar sholi ekiladigan yerlar lazerli tekislandi, 35,8 ming gektar maydonga ko‘chat usulida va 15,3 ming gektarga zamonaviy don ekish seyalkalar bilan sholi urug‘i ekildi.

👉 Batafsil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FAO #Hamkorlik #Sholi_yetishtirish

FAO KO‘MAGIDAGI O‘ZBEKISTONDA
SHOLI YETISHTIRISHNI AMALGA OSHIRISH LOYIHASI

🌾Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan «Sholi ekinlarini yetishtirish va boshqarishni qo‘llab-quvvatlash» loyihasining yakuniy seminari bo‘lib o‘tdi.

👉Loyihaning maqsadi, amalga oshirilgan ishlar haqida saytimizda tanishing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MINTAQADA EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI TAHLIL QILINDI

🔰O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning ishchi tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida vazir Xo‘jayli tumanidagi sholi ekishga mo‘ljallangan yer maydonlarini ham ko‘zdan kechirdi. Aytish mumkinki, sholi aynan ball boniteti to‘g‘ri keladigan yerlarga ekilishi maqsadga muvofiqdir.

Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida ham bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy issiqxona majmuasi bilan tanishuvni davom ettirdi. 10 gektar yer maydonidagi issiqxonada gidroponika usulida tashqi bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Aynan mana shu kunlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari parvarishiga juda katta e’tibor qaratiladigan oy desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Issiqning boshlanishi barcha ekin turlaridan yuqori hosil olish uchun har tomonlama maqbul yetishtirish uslubiyatiga o‘tishni talab qiladi. Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi tashrif lokatsiyasi – Kegeyli tumanidagi paxta dalasida bunga e’tibor bilan yondashildi.

#vazir #tashrif #klaster #issiqxona #sholi #Qoraqalpogiston

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“LAZURNIY” SHOLISINI YETISHTIRISHDA FARG‘ONA TAJRIBASI

🌾Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Bo‘ribosar” fermer xo‘jaligida ham 60 gektar yer maydoniga sholining “lazurniy” navi ekilib, parvarishlanmoqda. Bundan 4 yil oldin ekin bitmagan qo‘riq yerlar bugun fermer xo‘jaligi va ishchilarining mehnati bilan “lazurniy” navli sholizorga aylantirildi. Albatta, sholi yetishtirishning o‘ziga xos agrotexnologiyasi, mashaqqati bor.

Respublikamizda 2022-yilda aholini guruch mahsulotiga bo‘lgan talabini ichki ishlab chiqarish hisobiga qoplash maqsadida jami 105,8 ming gektar, shundan asosiy maydonlarga 41,8 ming gektar va takroriy ekin sifatida 63,9 ming gektar sholi ekib, parvarishlandi hamda 516,9 ming tonna (2021-yilga nisbatan 43,9 ming tonna ko‘p) sholi yetishtirildi (o‘rtacha 48,8 s/ga).

#sholi #takroriy_ekin #guruch #lazurniy #lazer #alanga #Fargona
*****
ФЕРГАНСКИЙ ОПЫТ ВЫРАЩИВАНИЯ РИСА СОРТА "ЛАЗУРНЫЙ"

🌾В фермерском хозяйстве «Бурибосар» Бувайдинского района Ферганской области 60 гектаров отведено под этот сорт риса. 4 года назад заброшенные земли были превращены в рисовые поля. Конечно, его выращивание имеет свои особенности в агротехнологии. Мы расскажем о том как, где и с какой отдачей выращивается рис в республике и подробно остановимся на агротехнических мероприятиях.

Всего по республике в 2022 году было отведено 105,8 тыс. га, из них 41,8 тыс. га засеяно под основную и 63,9 тыс. га под повторную культуру, и собрано 516,9 тыс. т (по сравнению с 2021 годом на 43,9 тыс. т больше) риса, урожайность составила в среднем 48,8 ц/га.

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
MUZRABOTDA EKSPORTBOP SHOLI YETISHTIRILADI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi tashrifi Muzrabot tumanidagi "SCT CLUSTER SHOLI" korxonasi bo‘ldi.

Maʼlumki, har bir hudud aholisini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni hamda hudud eksport salohiyatini oshirishni ko‘zlab, barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni o‘zlashtirmoqda. Jumladan, mana shu maqsad yo‘lida viloyatning Muzrabot tumanida ham sifatli guruch yetishtirish borasida yirik salohiyatga ega klaster faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlayotgan klasterga 20 ming gektar yer maydoni ajratilgan. Hozirda klasterning 7 ming gektar maydoni sholi ekishga tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, shundan 5 ming gektariga ekin ekib bo‘lindi. Nafaqat mahalliy bozorlarimizni taʼminlashni, balki sifatli mahsulotini xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan klaster yiliga 60 ming tonna mahsulot yetishtirish va qayta ishlash quvvatiga ega. Albatta, bunday natijaga erishish uchun ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi. Joriy yilda klaster tomonidan 9000 tonna guruch ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, 2024-yilda ushbu ko‘rsatkich 25 410 tonnaga yetkaziladi. Shuningdek, klasterda 1800 tonna birinchi navli un ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Korxonada 1500 nafar doimiy va mavsumiy ishchilar faoliyat yuritadi.

#tashrif #oziq_ovqat #sholi #eksport #klaster #Surxondaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM