QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
EFFECT.UZ HAMDA FERMER.UZ INTERNET SAYTLARIDA E’LON QILINGAN MA’LUMOTLARGA MUNOSABAT

Mazkur masala yuzasidan 2023-yilning 21-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimligi va tuman hokimligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilgan.

Ishchi guruhi joyga chiqqan holda fuqarolar hamda “APK Bo‘ka” UK paxta-to‘qimachilik va “Melek don agro” g‘allachilik klasterlari vakillari bilan uchrashib, masalani o‘rganib chiqqan.

#munosabat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
"KUN.UZ"DA YORITILGAN MAQOLAGA MUNOSABAT

Vazirlar Mahkamasining “2023-2025-yillarda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish balansi to‘g‘risida”gi farmoyishi loyihasida qishloq xo‘jaligiga mahalliy kimyo korxonalari tomonidan sof holda 875 ming tn (talabga nisbatan 85% ya'ni gektariga 175 kg) azotli, 157 ming tn (21% ya'ni gektariga 31 kg) fosforli va 80 ming tn (22% ya'ni gektariga 16 kg) kaliyli mineral o‘g‘itlar ajratilishi nazarda tutilgan. (Ekin turlari bo‘yicha ilmiy asoslangan talab va ajratilayotgan mineral o‘g‘itlar miqdori ilova qilinadi).

👉Batafsil

#munosabat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“SOYADAGI SIYOSATCHILAR” IJTIMOIY TARMOG‘IDA BERILGAN MA’LUMOTGA MUNOSABAT

📝Andijon viloyati Bo‘ston tumani Ulug‘bek massivi “Mustaqillik 15 yilligi” MFY “Katta yo‘l” mahallasi hududida joylashgan 6.5 gektar sabzavotchilik yo‘nalishidagi yer maydonini 2022-yil 8-avgust kungi “Elektron-onlayn auksion” natijalari to‘g‘risidagi №YU 096-483020 sonli Bayonnomasiga asosan fuqaro Abdullaev Maxmudbek 3.6 gektarni hamda “Elektron-onlayn auksion” natijalari to‘g‘risidagi №YU 096-483001 sonli Bayonnomasiga asosan fuqaro Muxammadjonov Abdug‘affor 3.4 gektar yer maydonlarini yutib olgan.

Paxta ekini yig‘ishtirib olingandan so‘ng kuz oylarida ob-havo noqulay kelib, surunkali yomg‘ir yog‘ishi hisobiga g‘o‘zapoyadan tozalab, shudgorlash ishlarini amalga oshirish imkoniyati bo‘lmaganligi ma’lum qilinadi.

👉Batafsil

#munosabat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
REFORMA.UZ KANALIDA BERILGAN MA’LUMOTGA QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING MUNOSABATI

Reforma.uzda “O‘z haqqini olmagan bechora xalq, oddiy xalq ikkinchi sortmi?” nomli ma’lumot berildi. Mazkur holatni Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rganib chiqdi. Xabarda Zafarobod tumanida paxta-g‘alla klasterlari tomonidan fermerlarga ish-haqqi va mineral o‘g‘itlar berilmayotganligi yuzasidan e’tiroz bildirilgan. O‘rganish natijalari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Jizzax viloyati Zafarobod tumanida g‘allachilik yo‘nalishida Zafarobod-Zomin g‘allachilik klasteri tashkil etilgan. O‘tgan davrda ob-havo noqulayligi sababli sepish imkoniyati bo‘lmaganligi tufayli o‘g‘itni berish to‘xtatib turilgan.

G‘allachilik klasteri tomonidan gektariga 200 kg mineral o‘g‘it sepish ya’ni reja asosida 2 500 tn fermerlarga ta’minlanishi ko‘zda tutilgan va Dashtaobod omborida mineral o‘g‘it saqlanmoqda. Zaxirada mineral o‘g‘it mavjud. Bugungi kunda peshma-pesh tuman fermerlariga tarqatilmoqda. 18-19 fevraldan mineral o‘g‘itlar tarqatilishi boshlangan. Shu davrgacha 870 tn tarqatildi.

👉Batafsil

#munosabat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NUZ.UZ INTERNET SAYTIDA BERILGAN “NEGA O‘ZBEK FERMERLARI NOROZI” MAQOLASIGA QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING MUNOSABATI

Fermer va klasterlar o‘rtasidagi mavjud muammolarni tartibga solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-23-son qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror sohada yuzaga kelayotgan muammolarga yechim bo‘ldi.

👉Batafsil

#munosabat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
UNUTMANG! O‘ZBEKISTON POMIDORLARI 8 SOATLIK MAXSUS (PZR) TESTIDAN OʻTKAZILGACH EKSPORT QILINADI

⭕️⭕️⭕️
🍅Bugun Telegram tarmogʻidagi bir nechta yangiliklar kanalida “Ogoh boʻling: Oʻzbekiston pomidorlarida xavfli virus aniqlandi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Ushbu xabarlarda Qozogʻiston telekanalining “24KZ” telekanali orqali namoyish etilgan lavha asos qilib ko‘rsatilmoqda.

👉Batafsil

#munosabat #pomidor
*****
ПОМНИТЕ! ПОМИДОРЫ ИЗ УЗБЕКИСТАНА НАПРАВЛЯЮТСЯ НА ЭКСПОРТ ТОЛЬКО ПОСЛЕ ПРОХОЖДЕНИЯ 8-ЧАСОВОГО СПЕЦИАЛЬНОГО (ПЦР) ТЕСТА


🍅В эти дни несколько новостных Telegram-каналов опубликовали новость под заголовком «Внимание: в томатах Узбекистана обнаружен опасный вирус».

Эти сообщения основываются на кадрах, показанных казахстанским телеканалом «24KZ».

👉Подробнее

#томаты

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILAYOTGAN XABARLARGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING RASMIY MUNOSABATI

📈O‘zbekiston Respublikasida har yili 100 ming gektardan ortiq maydonlarda sholi ekib, yetishtiriladi. Respublika sharoitida yiliga aholi jon boshiga o‘rtacha 9,8 kg.dan guruch isteʼmoli talab etiladi. Yaʼni mamlakatimiz aholisini to‘liq guruch mahsulotlari bilan taʼminlash uchun 353 ming tonna guruch zaxirasi talab etiladi.

Tahlillarga ko‘ra 2022-yilda Respublika bo‘yicha 8 ming tonna guruch import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda 53,5 ming tonna guruch importi amalga oshirilgan. Yaʼni isteʼmolga nisbatan 10 ming tonna ortiqcha guruch import qilingan.

Joriy yilda Hindistondan boshqa mamlakatlarga guruch eksportining to‘xtatilishi O‘zbekiston Respublikasiga o‘z taʼsirini ko‘rsatmaydi.

👉Batafsil
*****
ОФИЦИАЛЬНОЕ ОТНОШЕНИЕ МИНИСТЕРСТВА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН К СООБЩЕНИЯМ, РАСПРОСТРАНЯЕМЫМ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ

📈В Республике Узбекистан ежегодно выращивается рис на площади более 100 тысяч гектаров. В условиях республики в среднем на душу населения в год требуется 9,8 кг потребления риса. То есть населению республики требуется запас в размере 353 тысяч тонн риса для полноценного обеспечения рисовой продукцией.

Согласно анализам, в 2022 году в республику было ввезено 8 тысяч тонн риса, в то время как в 2023 году было ввезено 53,5 тысяч тонн риса. То есть было импортировано на 10 тысяч тонн больше риса, чем потреблялось.

Прекращение экспорта риса Индией в другие страны не окажет никакого негативного влияния на узбекский рынок.

👉Подробнее

#munosabat #guruch #eksport #import #рис #экспорт #импорт

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT!

Ijtimoiy tarmoqlarda, “Un narxi 20 kunda o‘z joyiga qaytadi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Aytib o‘tish joizki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyor.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan aholini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlash, bozorlarda narx barqarorligini saqlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, aholini un mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida har yili mamlakatimizda 8 mln tonna atrofida bug‘doy yetishtirilmoqda. Talab esa, 104,4 foizni tashkil etadi.

Joriy yilning sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan dehqon bozorlaridagi narxlar o‘rganildi.

Bozorlardagi chakana savdoda Rossiya va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “365 kun”, “Turon”, “Mo‘tabar”, “Oltin don”, “Makfa” va boshqa markadagi oliy va 1 navli un qadog‘iga qarab 5000 so‘mdan 7500 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, ulgurji savdoda 5000–7000 so‘mni tashkil etmoqda.

Bu narx o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200-300 so‘mga oshganini (joylarda savdo rastalarida erkin narx belgilanishi oqibatida bundan ortiq darajada oshganini) ko‘rsatadi. Buning sabablaridan biri, Rossiya va Qozog‘istondan kirib kelayotgan mahsulot aylanmasi xorijiy valyutada amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.

👉Batafsil

👉Подробнее

#munosabat

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda, “Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi paxta tayyorlash punktlarining birida xirmonga uyilgan paxtalar yonib ketdi” sarlavhasi ostida xabarlar taqaldi.

Holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘rganish natijasida e’lon qilingan xabar o‘z tasdig‘ini topdi.

Aniqlanishicha, mazkur holat, 16 oktyabr kuni, Baliqchi tumani “Nasriddinobod” MFYda joylashgan “Tetratex” MCHJga qarashli paxta qabul qilish maskanida 12 kg paxta xom-ashyosi yonib ketgan.

Yong‘in elektr kabellaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv kelib chiqishi natijasida yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida Andijon-36 navli 1 sort 2 sinfga kiruvchi paxtaning yuza qismi yongan, “Tetratex” MCHJ rahbari tomonidan tadbirkorga mahsulotga yetkazilgan zarar aniqlanib, to‘liq qoplab berilgan.

Shu o‘rinda, Qishloq xo‘jaligi sohasiga befarq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi fuqarolarning murojaatlari, shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyorligini ma’lum qiladi.

#munosabat

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yil noyabr oyida bodring va uzum narxi ko‘tarilishi bo‘yicha ma’lumot

🥒Bodring narxlari ko‘tarilishi bo‘yicha:

Bugungi kunda ochiq dalalarda yetishtirilgan bodring hosili yig‘ishtirib olinib, iste’molchilarga yetkazib berildi. Ochiq dalalarda yetishtirgan mahsulotlarning narxi mavsumda 1 kg uchun o‘rtacha 1,5- 2,0 ming so‘mni tashkil qildi.

Tahlillarga ko‘ra, oldingi yillarda ham noyabr oyi o‘rtalariga kelib bodring narxi o‘sishi kuzatilgan. Jumladan 2021-yilda oldinga oylarga nisbatan noyabrda 1,3 barobarga, 2022-yilda 1,9 barobarga oshgan.

🗞Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-oktabrdagi 567-sonli qarori qabul qilinib, issiqxonalarga kafolatlangan tabiiy gaz yetkazib berish belgilangandan so‘ng issiqxonalarda ekin ekish ishlari boshlandi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar noyabr oyi 3 dekadasi va dekabr oyi boshidan terimi boshlanishi bilan ichki bozorda narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.

🍇 Uzum narxlari ko‘tarilishi bo‘yicha:

📝Ko‘p yillik monitoring kuzatishlarga ko‘ra, noyabr-dekabr oylarida uzum mahsulotlari saqlash uchun joylashtirilishi oqibatida unga bo‘lgan narxlarning oshishiga olib keldi.

📌 Xususan, 2022-yilning noyabr oyi narxi oktabrga nisbatan 111,5 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda mos ravishda bu ko‘rsatkich 119 foizga o‘sgan.

🔗Jumladan, mahsulot navi bo‘yicha Husayni 15 - 25 ming so‘m, toyfi 15-20 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan “Rizamat ota”, “Mersedes” kabi navlariga talab oshgan (1 kg 90 ming so‘m atrofida).

Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari oshishi bilan bog’liq vaziyat tabiiy holat bo‘lib, bu qish mavsumi uchun issiqxonalarda bir muddat tayyorgarlik ishlari natijasida yuzaga kelgan.

#munosabat #narx #bodring #uzum

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM