QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#ishchi_guruh #birinchi_yig_ilishi

IDORALARARO ISHCHI GURUHINING UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv tafsilotlari va unda muhokama etilgan mavzular muhokamasini batafsil maqolamizdan bilib oling.
#ishchi_guruh #Buxoro

Bugungi kunda respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, dehqon va fermerlar muammolarini joyida hal qilish ustuvor sanaladi.

Shu maqsadda qishloq xo‘jaligi obyektlarini o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruhlar tuzilgan. Ayni kunlarda Bosh Vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev rahbarligidagi ishchi guruh Buxoro viloyati tumanlarini ko‘zdan kechirdi. Xususan, Jondor, Qorako‘l, Qorovulbozor kabi tumanlarda seminarlar tashkil etildi. Seminardan so‘ng ekin maydonlari atrofiga agrar sanoatga ham hosil, ham daromad keltiruvchi tut ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, Qorako‘l tumanidagi paxta terimi jarayoni bilan tanishildi. Bu yerda yaxshi natijalarga erishayotgan terimchilarga qimmatbaho sovg‘alar ulashilmoqda. Klaster va fermer xo‘jaliklari homiyligida birinchi ehtiyojdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda. “Mergan Teks” klasteri tomonidan 1 gektardan 60,70, 75 sentnerdan yuqori natija ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga “Kobalt”, “Damas” va “Jentra” rusumidagi 10 ta avtomobil sovg‘a sifatida berildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#ishchi_guruh #Qoraqalpogiston #klaster

“BERUNIY” KLASTERIDAGI CHORVA KOMPLEKSI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Qishloq xo‘jaligi majmuasida dehqon va fermerlarning kunlik muammolarini yechish, bu yo‘lda bajarilayotgan ishlarni monitoring qilish, salbiy vaziyatlarga joyida barham berish maqsadida Hukumat ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.G‘aniyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tumanida g‘alla maydonlariga yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, “Beruniy” klasteri tomonidan tashkil etilgan chorva kompleksi bilan tanishildi. Hozirda bu yerda go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida 200 bosh hamda sut mahsulotlarini olish uchun 50 bosh qoramol boqilmoqda. Yil yakunigacha ushbu chorva mollarini jami 700 boshga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ishchi guruhining o‘rganish ishlari davomida Beruniy tumanidagi issiqxonalar faoliyati ham o‘rganildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yigilish #Ishchi_guruh

QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT SOHALARI STATISTIKASINI RAQAMLASHTIRISH QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA

📱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo Ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

👉Tadbir tafsilotlari saytimizda.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISHCHI GURUHINING YIG‘ILISHI: QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT SOHALARI STATISTIKASINI RAQAMLASHTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

💻O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil maqolamizda berilgan.

#qishloq_xojaligi #raqamlashtirish #statistika #oziq_ovqat #ishchi_guruh
*****
ЗАСЕДАНИЕ РАБОЧЕЙ ГРУППЫ: ПОДДЕРЖКА ЦИФРОВИЗАЦИИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ И ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ СТАТИСТИКИ

💻В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялось третье заседание межведомственной рабочей группы по поддержке цифровизации сельскохозяйственной и продовольственной статистики.

👉Подробнее в материале.

#сельское_хозяйство #цифровизация #статистика #продовольствие #рабочая_группа

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHA RAHBARIYATI JOYLARDA TADBIRKORLAR BILAN MUNTAZAM UCHRASHUVLAR O‘TKAZADILAR

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 4-sentyabrdagi 174-son buyrug‘iga binoan, hududlarda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish va ularning muammolarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.

Buyruqda belgilanishicha, ishchi guruhlar rahbarlari har oyda 2 marta bevosita joylarda tadbirkorlar bilan uchrashadilar, ular faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlab, tegishli takliflar ishlab chiqish va tadbirkorlarning individual masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etadilar, sayyor qabullar o‘tkazadilar.

#sayyor_qabul #oziq_ovqat_sohalarini_rivojlantirish #tadbirkorlar_muammolari #ishchi_guruh

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TIZIM TASHKILOTLARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGI OSHIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan  tizim tashkilotlarida  ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ish yuritish hujjatlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida  yo‘lga qo‘yishning  joriy holatini o‘rganish va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining 100 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan 8 ta ishchi guruhi joriy yilning 1-noyabridan boshlab joylarga  yuborildi.  

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarori 1-ilovasi 21-bandida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilangan.

O‘rganish davomida ishchi guruhlar tomonidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda. O‘rganish natijalari tashkilot va muassasa rahbari bilan bevosita joyida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
 
#davlat_tili #ishchi_guruh #manaviy_marifiy_ishlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM