QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.7K photos
2.58K videos
7 files
8.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🌾Ayol dunyodagi eng go‘zal va nozik xilqatdir. Uning har bir amali, his-tuyg‘usi nafosat-u, shijoatini, barkamolligini anglatadi. U nozik vujudida farzand ulg‘aytirib, uni dunyoga keltiradi, mehnat va shijoati bilan ro‘yi zaminni go‘zallikka burkaydi. Ayol mehnati bilan dunyoni obod qiladi, Vatanni jannatmakon go‘shaga aylantiradi.

Bugun fermer xo‘jaligi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan ayollarimiz ham o‘z mehnati, zahmatkashligi bilan tanilganlardan. Qibray tumanida qalbi ham yetishtirgan mahsuloti kabi nozik, gulchilik va uzum yetishtirishda xorijlik tadbirkorlarning ham e’tiboriga tushgan, “Mavjuda Boyminova” fermer xo‘jaligining rahbari 63 yoshli Mavjuda opalarni bayram bahonada yo‘qladik.

#bayram #fermer_ayol #ayollar_kuni

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚜Bugun qishloq xo‘jaligida nafaqat jismoniy mehnatdan, balki ulkan agrotexnikalarning salobatidan ham hayiqmaydigan opa-singillarimizning soni ortib bormoqda. Yurtimizda shunday ayollar borki ular qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish, yerga va ekinlarga ishlov berishda aksar ishchilarga o‘rnak bo‘la oladi.

Navbatdagi qahramonimizni ham "Bekobodlik temir xotin" degan nom bilan respublikada, Toshkent viloyatida tanitgan mana shu texnikalari bo‘ladi.

🌐To‘liq video

#fermer_ayol #texnika #traktor #temir_xotin
*****
🚜Сегодня роль женщин в развитии сельского хозяйства сложно переоценить. Труд, которым они занимаются легким не назовешь. При этом восхищают их красота, терпение, доброта, твердость и принципиальность в принятии решений.

Наша следующая героиня известна в Узбекистане, как «железная женщина» Бекабада. О ней в нашем видеоматериале.

🌐Полное видео

#женщина_фермер #техника #трактор #железная_женщина

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOG‘ YARATAYOTGAN FERMER AYOL

👩‍🌾Bugun yurtimizda agrar sohada faoliyat yuritayotgan ayollarimiz soni ko‘payib bormoqda. Ular farzand tarbiyasi, uy ishlaridan ortib yangi yerlarni o‘zlashtirish, bog‘lar yaratish, meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Fermer xo‘jaligi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan qahramonimiz ham Qibray tumanida meva-sabzavot yetishtirishda dong‘i ketgan. “Djambilova Ozoda” fermer xo‘jaligining rahbari, 74 yoshli Ozoda opa bilan suhbatlashar ekanmiz, g‘ayrat-u shijoatda hali ham ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lishiga ishonch hosil qildik.

🌐To‘liq video

#fermer_ayol #agrar_soha_ayollari

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM