QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.3K photos
2.66K videos
7 files
9.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
TOSHKENT VILOYATI: DALADA – G‘ALLA, ZOVUR CHETLARIDA – SABZAVOTLAR PISHIB YETILDI

🌾Ayni damda yurtimiz dalalarida g‘alla  o‘rim-yig‘imi avj pallada. Bu yil Toshkent viloyatida 14 ta g‘allachilik klasteri hamda 2 ming 529 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 106 ming gektar maydonda g‘alla yetishtirildi.

Viloyatda g‘alla o‘rish 5-iyundan boshlangan bo‘lib, 20-iyun holatiga ko‘ra, jami 205 ming 52 tonna g‘alla sotildi. Bu rejaning 76,8 foizi demakdir.

Viloyat miqyosida olganda, 6 721 ta fermer xo‘jaligining 5 510 gektar dala chetlari o‘zlashtirilib, 14 mln 387 ming dona ko‘chat ekildi. Bundan tashqari, 569 gektar yerga poliz, sabzavot va boshqa ekinlar ekildi. Qolaversa, dala shiyponlarida asalari uyalari saqlash, parrandalar parvarishlash urfga aylandi.

#G'alla #o'rim_yig'im #klaster #sabzavot #dala_chetlari

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
DALA CHETLARIDA MAHSULOT YETISHTIRISHNING ILMIY ASOSLARI O‘RGANILMOQDA

👥Yer va suv resurslari tanqisligi kuzatilayotgan bugungi kunda har bir qarich yerdan mahsulot olishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olimlar, fermerlar, tadbirkorlar, suvchilar va  qayta ishlovchilarning  hamkorligi muhim ahamiyat kasb qiladi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish tizimini takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-121-sonli qarori va uning ijrosini ta'minlash doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi — AKISda ish boshlagan seminar ham dala chetlaridan unumli foydalanish masalasiga bag‘ishlandi.

Tadbirni qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminarda dala chetlaridan foydalanishda tuproq tahlilining o‘rni; dala chetlarida sabzavot va poliz ekinlarini ekish, ko‘chatlarni tayyorlash va mahsulot yetishtirish; mevali daraxtlar va uzum ko‘chatlarini ekish va parvarishlash kabi keng ko‘lamli masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Qaysi ekin turini, qanday navlarini, qanday usulda ekish va parvarishlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

#seminar #vazir #qishloq_xojaligi #dala_chetlari #AKIS

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM