QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
27.2K photos
2.82K videos
7 files
10.2K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YAPONLARDAN YANGICHA MEVA – LIMON-QOVUN HAQIDA ESHITGANMISIZ?

💡Yaqindan boshlab Yaponiya do‘konlarida noyob meva – limon-qovun sotila boshladi. G‘ayrioddiy ko‘rinishga va ajoyib ta'mga ega bu meva yaponlarga ma'qul keldi.

Yangi meva katta emas – tovuq tuxumidek keladi. O‘zi sersuv, o‘ta shirin, shu bilan birga limonni eslatuvchi biroz nordon ta'mga ham ega. Uni tatib ko‘rganlar yoz uchun eng bop meva deya ta'riflaydilar.

Bundan tashqari, limon-qovun C, A, E va B guruhi vitaminlariga, shuningdek kaliy, magniy va temir kabi mikroelementlarga boy. Bu moddalar immun tizimini mustahkamlashga, ko‘z nurini yaxshilashga, moddalar almashinuvini tezlashtirishga va qondagi gemoglobin darajasini oshirishga ko‘mak beradi. Shuningdek, limon-qovun ajoyib diuretik bo‘lib, organizmni toksinlar va shlaklardan tozalashga xizmat qiladi.

Limon-qovun 1980-yillarda boshlangan tajriba mahsulidir. Yapon olimlari qovunning ikki navini chatishtirib, yorqin sariq rangga va limonga o‘xshaydigan mayin teksturali etga ega gibridni olishga muvaffaq bo‘ldilar.

Limon-qovun nisbatan yangi meva bo‘lsa-da, o‘zining noyob ta'mi va foydali xususiyatlari tufayli tezda shuhrat qozondi. Bugungi kunda yapon fermerlari ushbu ekinni alohida mehr va e'tibor bilan yetishtirmoqdalar.

#bu_qiziq #limon_qovun

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM