QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12K subscribers
21.7K photos
2.63K videos
7 files
8.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#TIQXMMI_MTU #Agrar #Texnika

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi
tomonidan “China railway construction heavy industry CO. LTD.” (CRCC) (Xitoy) kompaniyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti olimlari, “Mashina va mexanizmlar texnologiyalari ilmiy-tadqiqot markazi” MCHJ xodimlari va boshqa ishlab chiqaruvchilar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminarda “China railway construction heavy industry CO. LTD.” (CRCC) (Xitoy) kompaniyasi vakillari tomonidan ishlab chiqarilgan “4 MZ-6” rusumli paxta terish mashinasining sinov natijalari, ushbu texnikani boshqarish, konstruksiyasining xususiyatlari, mexatronika tizimlari, “5S” xizmat ko‘rsatish tizimi va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishning mexanizatsiyalashgan texnologiyasi mavzularida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❄️Qish - qishloq xo‘jaligida asosiy agrotexnik tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish vaqti hisoblanadi.

🚜Qish mavsumida qishloq xo‘jaligi texnikalarini hozirlash, tuproqni yuvish va organik o‘g‘itlarni qo‘llash, sug‘orish kanallari va sug‘orish tizimlarini tozalash, urug‘lik materialini tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

#nocomment #qish #agrotexnik_talablar #texnika #tayyorgarlik
*****
❄️Зима – время подготовительных работ к основным агротехническим мероприятиям в сельском хозяйстве.

🚜В этот период проходят активные работы по подготовке техники, промывке почвы, внесению органических удобрений, очищению оросительных систем и каналов, а также готовят семенной материал к посеву.

#nocomment #зима #агротехнические_мероприятие #техника #подготовка

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚜Qishloq xo‘jaligi texnikalarining bahorda dalada samarali ishlashi— texnik ustalarning qishdagi xizmati natijasi.

📍Farg'ona viloyati
#texnika #qishloq_xojaligi #traktor

🚜Исправная работа сельхозтехники на полях весной – это результат хорошего сервиса мастерами зимой.

📍Ферганская область
#техника #сельское_хозяйство #трактор

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI MAVSUMGA TAYYOR

🚜Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi “Rusuzbekteks” xorijiy korxonasiga qarashli klasterning Markaziy MTP da ham qishloq xo‘jaligi texnikalarini bahorgi ekish ishlariga tayyorgarlik yakunlandi. Hozirda ushbu maskanda 14 ta yuqori unumli texnikalar mavjud. Shulardan 9 tasi klasterga, 5 tasi fermer xo‘jaliklariga tegishli. Jami 147 ta kultivatsiya traktorlari mavjud bo‘lib, bular ham to‘liq taʼmirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirib qo‘yilgan.

🌐To‘liq video

#agrotexnika #texnika #traktor #tayyorgarlik #klaster #Rishton
*****
СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННАЯ ТЕХНИКА К СЕЗОНУ ГОТОВА

🚜Завершена подготовка сельхозтехники в Центральном машинно-транспортном парке (МТП) кластера, принадлежащего иностранному предприятию «Rusuzbekteks» в Риштанском районе Ферганской области к весенним хлопковым работам (высадка культуры). В настоящее время на этом объекте установлено 14 высокопроизводительных станков, 9 из них принадлежат кластеру, 5 — фермерским хозяйствам. Всего имеется 147 культивационных тракторов, которые также полностью отремонтированы и готовы к сезону.

🌐Полное видео

#агротехника #техника #трактор #подготовка #кластер #Риштан

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XOʻJALIK MASHINALARINI LIZINGDA SUGʻURTALASH: SHARTLARI, XAVFLAR TURLARI, SUGʻURTA SUMMASI

📝🚜
2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – tarmoqni boshqarishda davlatning rolini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirishdan iborat. Bu yo‘nalishda agrooziq-ovqat tarmog‘ining strategik ustuvor yo‘nalishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kreditlash va sug‘urtalash mexanizmlarini takomillashtirishdek vazifa turibdi.

Bunda fermer va dehqonlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar asosiy omillardandir. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi texnikasini xarid qilish bo‘yicha lizing xizmati hisoblanadi.

👉Batafsil

#agrosugurta #lizing #kredit #texnika #traktor #fermer

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“POLY TEX SIRDARYO KLASTER”IDA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI MAVSUMGA TAYYOR

Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanidagi “Poly tex Sirdaryo klaster” 2019-yilda tashkil etilgan. Klasterda 100 tа doimiy va 20 tа mavsumiy ish o‘rni yaratilgan. Joriy yil yanvar oyida klaster qiymati 37,1 mlrd so‘mlik 53 ta zamonaviy resurs tejamkor qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta`minlandi.

#klaster #texnika #agrotexnika #traktor #kombayn #kultivator #Sirdaryo
*****
СЕЛЬХОЗТЕХНИКА «POLY TEX SIRDARYO KLASTER» К СЕЗОНУ ГОТОВА

«Poly tex Sirdaryo klaster»
в Сайхунабадском районе Сырдарьинской области создан в 2019 году. В кластере создано 100 постоянных и 20 сезонных рабочих мест. На январь 2023 года стоимость сельскохозяйственной техники кластера составляла 37,1 млрд сумов, в эту сумму вошла стоимость 53 единиц современной ресурсоэффективной сельскохозяйственной техники.

#кластеры #техника #агротехника #трактор #комбайн #сенокосилка #сеялка #Сырдарья

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEK OLIMLARI KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT ISHLAB CHIQDI

🚜O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida g‘o‘za qator oralariga va ochiq maydonlarga don ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqildi.

#agrotexnika #texnika #agregat #qishloq_xojaligi
*****
РАЗРАБОТАН КОМБИНИРОВАННЫЙ АГРЕГАТ ДЛЯ ПОСЕВА ЗЕРНОВЫХ

🚜В Научно-исследовательском институте (НИИ) механизации сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Узбекистана разработан комбинированный агрегат для посева зерновых.

#агротехника #техника #агрегат #сельское_хозяйство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚜Bugun qishloq xo‘jaligida nafaqat jismoniy mehnatdan, balki ulkan agrotexnikalarning salobatidan ham hayiqmaydigan opa-singillarimizning soni ortib bormoqda. Yurtimizda shunday ayollar borki ular qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish, yerga va ekinlarga ishlov berishda aksar ishchilarga o‘rnak bo‘la oladi.

Navbatdagi qahramonimizni ham "Bekobodlik temir xotin" degan nom bilan respublikada, Toshkent viloyatida tanitgan mana shu texnikalari bo‘ladi.

🌐To‘liq video

#fermer_ayol #texnika #traktor #temir_xotin
*****
🚜Сегодня роль женщин в развитии сельского хозяйства сложно переоценить. Труд, которым они занимаются легким не назовешь. При этом восхищают их красота, терпение, доброта, твердость и принципиальность в принятии решений.

Наша следующая героиня известна в Узбекистане, как «железная женщина» Бекабада. О ней в нашем видеоматериале.

🌐Полное видео

#женщина_фермер #техника #трактор #железная_женщина

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚙️Insoniyat kashfiyotlari har doim ham hayratlanarli bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi sohasida ham insoniyat tomonidan qo‘l mehnatini yengillashtirish uchun ixtiro qilingan qiziqarli kashfiyotlar mavjud. Bugun #bu_qiziq ruknimizda dunyoning turli mamlakatlarida odamlarga hosil yig‘ishda, ko‘chat ekish va ko‘chirib o‘tkazishda, shuningdek, ko‘chatlarni maxsus plyonka bilan qoplashda yordam beradigan maxsus qurilmalar qanday qo‘llanilishini ko‘rishni taklif qilamiz.

#texnika #texnologiya #qishloq_xojaligi #kashfiyot #ixtiro
*****
⚙️Изобретательность человека восхищает всегда. В сфере сельского хозяйства тоже есть интересные находки, изобретенные человеком в помощь человеку. Сегодня в нашей рубрике #это_интересно предлагаем посмотреть, как в разных странах мира используют специальные приспособления, которые помогают людям в сборе урожая, в высадке и пересадке саженцев, а также для покрытия саженцев специальной пленкой.

#техника #технология #изобретения #находки

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚜Dalalarda ish qizg‘in davom etmoqda,
Bu yil barakali bo'lsin!

#dalalar #texnika #traktor #hosil
*****
🚜Активная работа на полях идет,
Пусть будет урожайным этот год!

#поля #техника #трактор #урожай

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINASOZLIGIDAGI INNOVATSION YECHIMLAR – MUTAXASSISLAR MUHOKAMASIDA 📈

Toshkent shahrida “Yuqori samarali qishloq xo‘jalik mashinalarini yaratish va texnika vositalaridan foydalanish darajasini oshirishning innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi.

Anjumanda onlayn-rejimda Xitoy, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston va Tojikistondan olimlar, ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etdi. Anjuman ishtirokchilari o‘z ma'ruzalarida aqlli mexanizatsiya, zamonaviy, resurstejamkor ixcham texnikalarni yaratish ustida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha ma'lumotlar berdi.

Konferensiya ishtirokchilari sohada yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan o‘zlarining ilmiy asoslangan takliflarini o‘rtaga tashladi.

#mashinasozlik #texnika #konferensiya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 YIRIK XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI KO‘RGAZMASIGA TAYYORGARLIK AVJIDA
 
Joriy yilning 24-26 oktabr kunlari “Oʻzekspomarkaz”da Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Mazkur ko‘rgazma sokin kuz faslining eng yirik sanoat tadbiridir. Unda dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, ozuqabop ekinlar va g‘alla yetishtirish qayta ishlash uchun innovatsion yechim taklif etuvchi korxonalar ishtirok etishadi.

Ko‘rgazmada qishloq xo'jaligi texnikasi, urug‘lar va ko‘chatlar; issiqxonalarni loyihalash va qurish, issiqxonalar uchun materiallar; sug‘orish tizimi va aksessuarlar; nasos stansiyalarini jihozlash; torf va maysazor aralashmalarini ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqani saqlash va qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda eng so‘nggi mahsulotlar namoyish etiladi.  

Tadbirning rasmiy ochilish marosimi 24-oktyabr, soat 11:00 da “O‘zekspomarkaz” MKM, 3-pavilonda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun siz onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.

#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #innovatsion_yechimlar #texnika

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM