QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
📝Yaqinda biz so‘rovnoma o‘tkazib, unda sizga sigir va buqalar haqida keltirilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri ekanligini belgilashni taklif qilgandik.
Mana ular:

1. Bir daqiqada sigir yuzga yaqin chaynash harakatlarini amalga oshiradi.
2. Buqalar rangni farqlamaydi.
3. Sog‘in sigir umr bo‘yi o‘rtacha ikki yuz ming stakan sut beradi.
4. Sigirlar odamlar yoki delfinlar kabi yig‘lay oladi.
5. Sigirning qanday mahsulotni iste’mol qilishi, sutining ta’miga ta’sir qilmaydi.

📝So‘rovnomada 100 nafar kishi ishtirok etdi va ko‘pchilik (45 nafar kishi) to‘g‘ri javobni belgiladi: 5-ma’lumotda haqiqatan ham xato bor, chunki sigirning nima mahsulot yeyishi, albatta, u beradigan sutning ta’miga bevosita ta’sir qiladi.

15 nafar kishi ikkinchi ma’lumotga ovoz berdi: buqalar rangni farqlamaydi. Ko‘rinishidan, ko‘pchilik buqani qizil matoni ko‘rganida qanday shoshilishini eslab, shunday javob qaytardi. Biroq, ommaviy qarashlardan farqli o‘laroq, buqalar o‘zlarini qizil rangga urmaydilar — ular haqiqatan ham rangni farqlamaydilar. Arenada buqa jangchi tomon shoshilishining sababi shundaki, u keskin bajarilayotgan harakatlardan g‘azablanadi.

#sorovnoma #buqa #sigir

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM