Python daturlash maktabi 🐍
577 subscribers
343 photos
180 videos
83 files
389 links
Download Telegram
#http #GET #request #POST #DELETE #UPDATE

HTTP metodlar

Hozir, metodlar haqida yozishning ayni vaqti. Eng tarqalgan metod bu GET metodi. U shunchaki serverdan narsa olish uchun ishlatiladi. GET requestning Content bo'lmaydi. Contenti pustoy bo'ladi. Shuningdek Content-Length va Content-Type ishlatilmaydi. GET bilan jo'natilgan request har doim bir hil javob qaytarish kerak, serverda o'zgarishlar sodir bo'lmasligi kerak, masalan, layk bosish yoki yangi akkaunt ochish.

GETdan tashqari, POST metod bor. Bunday requestning Contenti bo'ladi, va serverga ma'lumot jo'natish uchun ishlatiladi. POST bilan jo'natilgan request odatta serverni o'zgartiradigan ishlar qiladi, masalan, pulni boshqa kartaga o'tkazish.

Siz hozirda "Nega ikki xil request turi bor, har doim bir xilni ishlatsam nima bo'ladi?" degan savol bo'lishi mumkin. Aslida bundan tashqari yana ko'p metodlar bor, masalan, PUT, DELETE, HEAD. GET va POSTning yana bir farqi bor: POST serverga xohlagan kattalikdagi ma'lumotni jo'natsa bo'ladi, GETning contenti yo'q shuning uchun buning iloji yo'q.

Aytganimdek, POST serverni o'zgartiradigan requestlar uchun. Tasavvur qiling, Siz
example.com saytidan pulni boshqa kartaga o'tkazmoqchisiz. Buning uchun "O'tkazmoq" degan tugma bor. Buni bosganda siz boshqa sahifaga o'tasiz lekin POST o'rniga GET ishlatiladi. Sizga "100 ming so'm XXXX-XXXX akkauntga muvaffaqiyatli o'tkazildi" deydi. Endi siz F5 ni bosib sahifani yangilamoqchi bo'lasiz. Browser serverga huddi avvalgi habarni jo'natadi, ya'ni "XXXX-XXXX ga 100 so'm o'tkaz" deydi serverga. Browser be'malol bu requestni jo'natadi. Natijada siz 100ming so'mni ikki marta o'tkazgan bo'lasiz! Agar bu request POST bilan bo'lganida, browesr sizga ogohlantirish beradi, chunki u POST serverdagi ma'lumotni o'zgartirish mumkinligin biladi. 100ming so'm sizda qoladi. Masalahatim o'sha pulni Wikipediaga bering.

@uz_python 🦖